⚡️ Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari tashkil etildi

Soha xodimlarining korrupsiyaga murosasiz munosabatini shakllantirish, ular o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan profilaktik tadbirlar o’tkazilmoqda.

Navbatdagi tadbir «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Buxoro bo’linmasi tuman, shahar energosotish bo’limlari boshliqlari ishtirokida bo’lib o’tdi. Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki idoraviy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ularni rasmiyalshtirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi.

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda jamiyat rahbari boshchiligida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etish, korxonada odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etilishi masalalariga bag‘ishlab, kengaytirilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbir korrupsiyaning oldini olish uchun tashkilot faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish va xizmat faoliyatida ochiqlikni ta’minlash va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik va uning oldini olishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi

“Buxoro HETK” AJda mas’ul xodimlar ishtirokida 2026 yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

So’z avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yil 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llangan Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish maqsadida tashkilotlar faoliyatida shaffoflik va qonun ustuvorligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, hisobdorlikni kuchaytirishga qaratilgan muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va nazorat mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan ichki hujjatlarning mazmun-mohiyati va ularni rasmiyalshtirish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Qadrli yurtdoshlar!

❄️🎄🎄 Barchangizni kirib kelgan yangi 2026 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil о‘zida ulug‘ maqsad va eng ezgu niyatlarni mujassam etib, xalqimizni katta yaratuvchanlik ishlariga ruhlantirsin! 2026 yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.

Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

⚡️ Eng namunali kommunal tashkilotni aniqlaymiz!

Buxoro viloyatidagi boshqarmalar, korxona va tashkilotlardagi ishchanlik muhiti, xizmat ko‘rsatish darajasi, ayniqsa ularda faoliyat olib borayotgan rahbarlarning xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmasi, o‘z tizimidagi muammo va kamchiliklarni aniqlab, bartaraf qilishda jonbozlik ko‘rsatishi, aholini rozi qilish darajasini o‘rganish uchun so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

❓Kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida qaysi tashkilot rahbarini eng yaxshi va faol deb hisoblaysiz?

❓U rahbarlik qilayotgan tashkilot “Eng namunali kommunal tashkilot” nomiga munosibmi?

✅ Buni Siz aniqlab berasiz!

🔹Ma’lumot uchun: So‘rovnoma bosqichma-bosqich barcha soha va yo‘nalishlarda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda eng ko‘p e’tirof etilib ovoz to‘plagan boshqarma/tashkilot keyingi so‘rovnomalarda qatnashish uchun yo‘naltiriladi. Unda ishtirok etish mutlaqo bepul va ixtiyoriy. Ovoz berish 2025-yilning 21-dekabriga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf qilish borasidagi reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Avval xabar berganimizdek, hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va bartaraf qilish borasidagi reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Buxoro viloyati Shofirkon tumani «Pashmon» MFY hududlari o’rganilganda  Regishoyi qishlog’idagi 144-xonadon ko’zdan kechirildi va  elektr tarmog’iga ruxsatsiz ulanish holati mavjudligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan Shofirkon tuman elektr ta’minoti korxonasi  ASKUE muhandis xodimlari  tomonidan  elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish bo’yicha dalolatnoma tuzildi hamda  elektr ta’minoti korxonasiga 85,7 mln so’mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi va tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

👉👉👉 @buxenergo

Milliy_liboslar_kuni

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ xodimlari bugun ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib borishmoqda!

✅ Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, «MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI» chellenjida faol ishtirok eting!

👉👉👉 @buxenergo

Elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilardan qarzdorliklarni majburiy undirish choralari ko‘rilmoqda.

Hududlarda elektr energiyasidan qarzdor iste’molchilar bo‘yicha belgilangan tartibda undirish ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda. Xususan, Romitan tumanida Energosavdo bo’limi va Majburiy ijro byurosi Romitan tuman bo’limi bilan hamkorlikda to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilardan ijro hujjatlari asosida, qonunchilikka muvofiq to’lovlarni undirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Romitan tumanida joylashgan «Varaxsho uzum export» MCHJning elektr energiyasidan bo’lgan qarzdorlikni qoplash maqsadida jamiyatga tegishli bo’lgan mulklar xatlab olindi.

Bu jarayon elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini ta’minlash va xizmatlar sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.