24_soatlik_navbatchilik_asosida

Iste’molchilarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ish jarayonlari 24/7 rejimida tashkil etilgan.
Mazkur yo‘nalishda joylardagi mas’ul navbatchi xodimlarning xizmat faoliyati, navbatchilik jarayonining tashkil etilishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish borasidagi tayyorgarligi korxona bosh muhandisi Z.Rustamov tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda.

Maqsad — har qanday vaziyatda iste’molchilarning elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish hamda xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratib berishdan iboratdir.

YASHIL MAKON — TABIATGA E’TIBOR, KELAJAKKA G‘AMXO‘RLIK!

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlash maqsadida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari amalga oshirildi.
Ekilgan har bir nihol — tabiatga qo‘shilgan munosib hissa, kelajak avlod uchun yaratilayotgan bebaho boylikdir. Ta’kidlash joizki, daraxtlar havoni zararli moddalardan tozalash, kislorod ishlab chiqarish, chang va shovqinni kamaytirish, yozning jazirama kunlarida salqin muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday ezgu tashabbuslar hududlarimizni yanada ko‘kalamzorlashtirishda, ekologik madaniyatni yuksaltirishda va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.