Divedendlar
To'langan va hisoblangan divedendlar to'g'risida ma`lumot_2019
Oxirgi uch yilda hisoblangan va to’langan dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlar (so’mda)
Yil | Hisoblangan | Divident solig’i | To’langan | Qarzdorlik | |
Bir dona aksiyaga | Jami | ||||
2015 | 400 | 289 640 000 | 28 964 000 | 230 544 000 | 30 132 000 |
2016 | 400 | 289 640 000 | 28 964 000 | 209 152 800 | 51 523 200 |
2017 | 400 | 289 640 000 | 28 964 000 | 178 041 600 | 82 634 400 |
Ma’lumot kalendar yili asosida taqdim etilgan.
O’zbekison Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunining 42 moddasiga muvofiq aksiyador uning aksiyalarga bo’lgan huquqlarini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan depozitariyga shaxsiy ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida o’z vaqtida bildirishi lozimligi haqida xabar beramiz. Aksiyador shaxsiy ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida xabar bermagan holatlarda Markaziy depozitariy va uning aksiyalarga bo’lgan huquqlarini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan depozitariy aksiyadorga shu sababli yetkazilgan zarar uchun javob bermaydilar.
Shu munosabat bilan, depozitar hujjatlarni dolzarb holatda saqlab turish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda chiqarilgan qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga oladigan “Buxoro VAQT” MChJga murojaat etishingizni qat’iy iltimos qilamiz. “Buxoro VAQT” MChJ manzili: Buxoro sh., Mustaqillik ko’chasi, 10 uy.
“Buxoro VAQT” MChJga murojaat etishda yoningizda passport, pensionerlarda esa – pensiya guvohnomasi bo’lishi lozim.
To'langan va hisoblangan divedendlar to'grisida ma`lumot
Oxirgi uch yilda hisoblangan va to’langan dividendlar to’g’risidagi ma’lumotlar (so’mda)
Hisoblangan |
Dividend solig’i |
To’langan | Qarzdorlik | ||
Yil |
Bir dona aksiyaga |
Jami | |||
2013 | 4000 | 144 820 000 | 14 482 000 | 113 946 000 | 16 054 000 |
2014 | 4000 | 144 820 000 | 14 482 000 | 113 946 000 | 16 054 000 |
2015 | 400 | 289 640 000 | 28 964 000 | 155 438 000 | 105 238 000 |
Ma’lumot kalendar yili asosida taqdim etilgan.
O’zbekison Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunining 42 moddasiga muvofiq aksiyador uning aksiyalarga bo’lgan huquqlarini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan depozitariyga shaxsiy ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida o’z vaqtida bildirishi lozimligi haqida xabar beramiz. Aksiyador shaxsiy ma’lumotlaridagi o’zgarishlar to’g’risida xabar bermagan holatlarda Markaziy depozitariy va uning aksiyalarga bo’lgan huquqlarini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatayotgan depozitariy aksiyadorga shu sababli yetkazilgan zarar uchun javob bermaydilar.
Shu munosabat bilan, depozitar hujjatlarni dolzarb holatda saqlab turish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda chiqarilgan qimmatli qog’ozlarga bo’lgan huquqlarni hisobga oladigan “Buxoro VAQT” MChJga murojaat etishingizni qat’iy iltimos qilamiz. “Buxoro VAQT” MChJ manzili: Buxoro sh., Mustaqillik ko’chasi, 10 uy.
“Buxoro VAQT” MChJga murojaat etishda yoningizda passport, pensionerlarda esa – pensiya guvohnomasi bo’lishi lozim.
Divedendlar
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga !
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2015 yil yakunlariga bag’ishlanib, 2016 yil 30 iyunda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofik, jamiyat tomondan chiqarilgan va joylashtirilgan xar bir imtiyozli aksiyaga, aksiya nominal qiymatinig 40 foizi miqdorida dividend to’lanadi. Imtiyozli aksiyalarga hisoblangan dividend, O’zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 51-moddasi va jamiyat Ustavining 7.9. bandiga asosan, dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 60 kun ichida to’lanadi. Dividend to’lash 2016 yilning 30 iyundan boshlanib, joriy yilning 28 avgustiga qadar yakunlanadi. Dividendlarni olish bo’yicha jamiyat hisobxonasiga murojaat etishingiz mumkin.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati.
Chop etilgan: 19.07.2016 y.
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga !
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2014 yil yakunlariga bag’ishlanib 2015 yil 12 iyunda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan va hisoblangan dividendni to’lash 2015 yilning 20 iyulidan boshlanib, 2015 yilning 11 avgustiga qadar yakunlanishi to’g’risida jamiyatning rasmiy veb-saytida va «Toshkent» Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytiga e’lon chop etilgan edi. Lekin, shunga qaramasdan ayrim aksiyadorlar o’zlariga tegishli dividend mablag’larini olish uchun jamiyat hisobxonasiga murojaat qilmasdan kelmoqdalar.
Yuqoridagilarni inobatga olib, «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati o’z vaqtida dividend mablag’larini olish uchun murojaat etmagan aksiyadorlardan, dividendlarini olish uchun jamiyat hisobxonasiga murojaat etishlarini so’raydi.