24_soatlik_navbatchilik_asosida





Iste’molchilarni uzluksiz va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ish jarayonlari 24/7 rejimida tashkil etilgan.
Mazkur yo‘nalishda joylardagi mas’ul navbatchi xodimlarning xizmat faoliyati, navbatchilik jarayonining tashkil etilishi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarga tezkor munosabat bildirish borasidagi tayyorgarligi, xavfsizlik texnikasi qoidalari asosida ish jarayonlarining olib borilayotganligi, himoya vositalarining yetarliligi va shayligi korxona rahbariyati tomonidan o‘rganilmoqda.
Asosiy maqsad — har qanday vaziyatda iste’molchilarning elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etishdan iboratdir.

