Milliy_qadriyatlar

“Buxoro hududiy elektr ta’minoti korxonasi”AJ tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bugun ish faoliyatlarini milliy liboslarda olib borishmoqda!

Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling,»MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI» chellenjida faol ishtirok eting!

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o’rganildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 22-sentabrdagi 43-AA-sonli bayoni asosida belgilangan topshiriqlar ijrosi, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

O’rganishlar davomida navbatchilik brigadalarining tashkil qilinganligi, ularning shayligi, 24/7 rejimida faoliyat olib borishda xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavsumda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun zaxira materiallarining mavjudligi, ularning joylardagi holati ko’zdan kechirildi va aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish zarurligi ta’kidlanib, tegishli rahbarlarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur chora-tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlanishga xizmat qiladi.

Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir.

HURMATLI VATANDOSHLAR HAMDA ELEKTR ENERGETIKA SOHASI XODIMLARI!

Barchangizni о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi hamda “21-oktabr – О‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi nomidan samimiy muborakbod etaman.

О‘zbek tilining о‘ziga xos jozibasi, tarixiy ahamiyati borligini barchamiz yaxshi bilamiz. Avvalo u о‘zbek xalqining tarixiy merosi, tafakkuri va madaniyatini asrlar davomida avloddan avlodga yetkazib kelayotgan bebaho boylikdir. О‘zbek tili xalqimizning yuragi, ruhi va birligini ifodalaydi.

Muhtaram Prezidentimizning «Ona tilimiz – milliy ma’naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom kо‘rsatish barchamizning nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir», – degan fikrlari tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yuksaltirish, yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash borasida har birimizga jiddiy mas’uliyat yuklaydi.

Keyingi yillarda yurtimizda davlat tilining qо‘llanish doirasini kengaytirish, uning nufuzini oshirish va har tomonlama rivojlantirish borasida yangi bosqich boshlandi. Bu jarayonda barcha sohalar qatori elektr energetika tizimida ham о‘zbek tilining mavqeini yuksaltirishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ishonchim komilki, tizimdagi har bir xodim ish faoliyatida ham, kundalik hayotida ham adabiy meyor va toza tilda sо‘zlashishni о‘ziga mas’uliyat deb biladi.

Keling, bu qutlug‘ sanada ona tilimizni yanada qadrlaylik, uni asrab-avaylaylik va yosh avlodga iftixor bilan yetkazaylik!

Boshqaruv raisi A. Asqarov

Korrupsiya – kelajakka tahdid

“Buxoro HETK” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari ishtirokida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi va maxsus videorolik namoyish etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi va tizimda sodir bo’layotgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berildi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.

SAMARQANDDA TURKIY TILDA SOʻZLASHUVCHI DAVLATLARNING TAQSIMLASH TARMOQLARI ELEKTROMONTYORLARI OʻRTASIDA XALQARO KASB MAHORATI MUSOBAQASI OʻTKAZILDI.

Ushbu nufuzli musobaqada Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tatariston, Turkiya hamda Oʻzbekiston Respublikalari taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat koʻrsatuvchi elektromontyorlaridan iborat jami 6 ta jamoa ishtirok etdi.

Jamoalar texnik tayyorgarlik, jarohatlangan xodimga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish hamda elektr qurilmasida yuzaga kelgan yongʻinlarni bartaraf etish shartlari oʻz bilim va tajribalarini sinovdan oʻtkazdilar.

Aziz ustoz va murabbiylar!

“Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ jamoasi barchangizni kasb bayramingiz bilan muborakbod etadi!

Mashaqqatli va sharafli burchingizni ado etishda zafarlar tilaymiz.

Sihat-salomatlik, baxtu-saodat, tinchlik-xotirjamlik hamisha Sizga yor boʻlsin!

E`tirof

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan samimiy va kamtarin inson Jalilov Tolib Jalilovich uchun bugun yaxshi kun. Ustoz xodim 60 yoshni qarshiladi. Umrining yarmidan ko’pini tizimda o’tkazgan bu inson faoliyati haqiqatda e’tirofga loyiq.

Ish faoliyati hamda bosib o’tayotgan umr yo’li davomida o‘z mehnati, tajribasi va fidoyiligi bilan jamoamizda munosib o‘rnak bo‘lib kelgan ustoz xodimning faoliyatini jamiyat bosh direktori yuksak baholab sana munosabati bilan qutladi va ustoz-shogirdlik an’anasini munosib davom ettirgan inson sifatida yaxshi fikrlar bildirildi.

Yangi Oʻzbekiston” massividagi «Eko shahar»da yangi “Energetiklar bogʻi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Fargʻonada tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Fargʻona shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi «Eko shahar»da yangi “Energetiklar bogʻi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu ezgu tashabbusga Buxoro energetiklari ham o’z hissalarini qoshib, iqlimga mos mevali manzarali ko’chatlarni yerga qadashdi.

👉👉👉 @buxenergo