BOLA XAVFNI ANGLAMASLIGI MUMKIN, KATTALAR ESA UNI OLDINDAN KO‘RA BILISHI SHART!

Bola dunyoni qiziquvchan nigohlar bilan taniydi. U uchun rozetka – oddiy buyum, elektr ustuni – qiziqarli manzara, uzilgan sim esa xavf ekanini anglash qiyin. Chunki bola xavfni emas, qiziqishni ko‘radi. Kattalarning vazifasi esa aynan shu nuqtada boshlanadi: bola hali anglamagan xavfni oldindan ko‘ra bilishi va uning oldini olishi kerak.

Farzandimizga «tegma», «yaqinlashma», «mumkin emas» deyishning o‘zi yetarli emas.

Unga nima uchun mumkin emasligini tushuntirish, xavfni tanishni o‘rgatish va xavfli vaziyatda qanday yo‘l tutishni singdirish lozim.

🔹 Bolalarni transformator punktlari va elektr qurilmalaridan uzoq tuting.

🔹 Elektr ustunlariga chiqish, uzilgan simlarga yaqinlashish va rozetkalarga begona buyumlarni tiqish hayot uchun xavfli ekanini tushuntiring.

🔹 Uy sharoitida ochiq simlar, nosoz rozetkalar va elektr jihozlaridagi kamchiliklarni e’tiborsiz qoldirmang.

🔹 Xavfli holat aniqlansa, bolalarni uzoqlashtiring va tegishli xizmatlarga xabar bering.

Eng muhimi, bolaga xavfsizlikni faqat so‘z bilan emas, shaxsiy namuna bilan ham o‘rgating.

Chunki farzand kattalarning nasihatidan ko‘ra, kundalik xatti-harakatlarini ko‘proq kuzatadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha ota-onalar, pedagoglar va fuqarolarni elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.

Unutmang: elektr xavfsizligi borasidagi bugungi bir daqiqalik e’tibor ertaga bir umrga tatigulik ne’mat – inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJga murojaat yo‘llash uchun rasmiy aloqa kanallari

Hurmatli iste’molchilar!

Elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq barcha turdagi ariza, taklif, shikoyat va murojaatlaringizni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga quyidagi rasmiy aloqa kanallari orqali yuborishingiz mumkin:

📞 1154 – Call-markaz
☎️ (71) 202 23 76– ishonch telefoni
📱 Telegram bot – @HET_admin
📱 het.uz rasmiy saytidagi onlayn maslahatchi
📱 Shuningdek, Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifalar orqali ham murojaatlar qoldirish mumkin.

Sizning murojaatlaringiz belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullar tomonidan zarur choralar ko‘riladi.

Murojaatlaringiz biz uchun muhim! Elektr ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan faqat rasmiy aloqa kanallaridan foydalanishingizni so‘raymiz.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ mavjud bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilganligini ma’lum qiladi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ elektr uskunalari va tarmoqlariga xizmat ko’rsatuvchi elektromontyor lavozimi bo’yicha G’ijduvon, Shofirkon, Peshko’ hamda Romitan tuman elektr ta’minoti korxonalarida mavjud bo’sh ish o’rinlariga tanlov e’lon qilganligini ma’lum qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lganlardan 2026 yilning 7 avgust kuni soat 13:00ga qadar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”Ajning Xodimlar bilan ishlash bo’limiga kelib, kerakli hujjatlarni taqdim etishlari so’raladi.

Talablar:
Mutaxasisligi bo’yicha Energetik (Oliy yoki o’rta maxsus)

Manzil: Buxoro shahri, Sanoatchilar ko’chasi 1/1 uy
Xodimlarni boshqarish bo’limi: ☎️ (65) 225 4264

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ

15 ta hududda elektr va gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha tashkil etilgan maxsus shtablarga murojaat qiling

Murojaatingiz_biz_uchun_muhim

Joylardagi elektr va gaz ta’minoti holatini chuqur tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etish orqali iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida respublikamizning 15 ta hududida maxsus shtablar tashkil etildi.

Ularning har biriga energetika tizimi tashkilotlari rahbarlari shtab rahbari sifatida biriktirildi, tuman hokimlari esa shtab rahbarining o‘rinbosari etib belgilandi.

Agar sizda yuqoridagi masalalar yuzasidan murojaat va takliflaringiz bo‘lsa, ushbu tumanlar hokimligida tashkil qilingan shtablarga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

💙Andijon tumani — vazir maslahatchisi Dadajon Isakulov;

💙Davlatobod tumani — “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ raisi Abdumalik Nazirov;

💙Denov tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Bexzod Sobirov;

💙Farg‘ona tumani — “Hududgazta’minot” AJ raisi Marufxon Xodjayev;

💙Koson tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i o‘rinbosari Xurshidjon Eshqo‘ziyev;

💙Mirzo Ulug‘bek tumani — vazirning 1-o‘rinbosari Umid Mamadaminov;

💙Qo‘shtepa tumani — “O‘zenergosotish” AJ raisi Jahongir Obidjonov;

💙Sirdaryo tumani — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi Bahodir Jo‘rayev;

💙To‘rtko‘l tumani — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisining 1-o‘rinbosari Ozod Axunov;

💙Urganch tumani — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisining 1-o‘rinbosari Bobur Islomov;

💙Urgut tumani — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi Sardor Isakulov;

💙Xatirchi tumani — vazir o‘rinbosari Umarjon Egamberdiyev;

💙Yangiyo‘l tumani — Energetika vaziri Sherzod Xodjayev;

💙G‘ijduvon tumani — “O‘ztransgaz” AJ raisi Askar Isakov;

💙Sh.Rashidov tumani — “O‘zenergoinspeksiya” boshlig‘i Axad Isoqjonov.

Nega aynan ushbu tumanlar tanlandi❓

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan qarzdorliklar yuqori bo‘lgani, elektr energiyasi va tabiiy gazdagi yo‘qotishlari oshgani, tarmoqlarning eskirganligi bo‘yicha murojaatlarning ko‘pligi va boshqa bir qator omillar hisobga olingan.

Yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlarining yangi rahbarlari jamoaga tanishtirildi

2026-yil 27-iyul O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bexzot Narmatov ishtirokida yoqilg‘i-energetika tizimi tashkilotlariga tayinlangan yangi rahbarlarni jamoaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Energetika vaziri Sherzod Xodjayev, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Sardor Isaqulov hamda “O‘zenergoinspeksiya” rahbari lavozimiga tayinlangan Axad Isoqjonov jamoaga tanishtirildi. Unda yoqilg‘i-energetika tizimidagi barcha tashkilotlar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida bugun davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan tanqidiy yig‘ilishda belgilangan ustuvor vazifalar yana bir bor muhokama qilinib, ularning ijrosini o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, belgilangan vazifalarni vijdonan va yuksak mas’uliyat bilan bajarish, sohada ijro intizomini yanada mustahkamlash, yuklatilgan vazifalar ijrosiga befarqlik yoki xiyonatga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlandi. Bu borada har bir rahbar va mas’ul xodimning shaxsiy javobgarligi yuqori ekani qayd etildi.

Shu bilan birga, sohada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hali juda ko‘p ekani ta’kidlandi. Erishilayotgan natijalarni yutuq sifatida emas, balki har bir rahbar va mas’ul xodimning o‘z xizmat vazifasini vijdonan va sidqidildan bajarishining tabiiy natijasi sifatida baholash zarurligi qayd etildi. Barcha kuch va sa’y-harakatlar belgilangan vazifalarning to‘liq va samarali ijrosini ta’minlashga qaratilishi lozimligi alohida uqtirildi.

Yig‘ilish yakunida yoqilg‘i-energetika tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va jamoalari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni birgalikda, fidoyilik, yuksak mas’uliyat va qat’iy intizom asosida amalga oshirish zarurligi yana bir bor ta’kidlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:

Sherzod Xikmatullayevich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.

Bundan ilgariroq Sh.Xodjaev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi;

Jo‘rabek Tursunpulatovich Mirzamahmudov O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi.

ORTIQCHA ELEKTR JIHOZLARNI O‘CHIRISHNI UNUTMANG!

Bugun biz odatlangan qulayliklar ortida ulkan mehnat va resurslar yotibdi. Elektr energiyasidan oqilona foydalanish — bu oddiy tejamkorlik emas, balki tabiatga bo‘lgan g‘amxo‘rlikdir.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barchamizni resurslardan mas’uliyat bilan foydalanishga chorlaydi. Har bir o‘chirilgan ortiqcha elektr jihozi— umumiy maqsadimiz sari qo‘yilgan qadamdir.

Videorolikni ko’rish

Transformatorlarda avariya nega yuz beradi?

Transformatorlar elektr energiyasini uzatish va taqsimlash tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

Yozning jazirama kunlarida ortib borayotgan elektr yuklamasi ularning ish rejimiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Jumladan:

elektr yuklamasining ortishi;

sovitish tizimi samaradorligining pasayishi;

izolyatsiya elementlarining eskirishi;

ichki texnik nosozliklar.

Bunday holatlarda transformator himoya qurilmalari ishga tushib, uskunani tarmoqdan ajratadi.

Bu transformatorni qo‘shimcha shikastlanishdan himoya qilishga xizmat qiladi.