Barqaror_elektr_taminoti_sari

🔹 Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda iste’molchilarni sifatli va belgilangan me’yorlardagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
🔧 Xususan, 2 200 dan ortiq transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Asosiy maqsad — har qanday ob-havo sharoitida elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish va iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish.

⚡️ Barqaror elektr ta’minoti — xonadonlar charog‘onligi va xalqimiz farovonligining muhim omilidir.

ONA TILIM — FAXRIM

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan umummilliy diktant tashkil etildi

Tadbirning asosiy maqsadi davlat tilining nufuzini oshirish, korxona xodimlarining yozma savodxonligi va nutq madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Diktant jarayonida o‘zbek tilining imlo qoidalari, adabiy til me’yorlari va davlat tilida ish yuritish borasida korxona xodimlari o’zlarining bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu tashabbus ishtirokchilarda ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, kundalik faoliyatda savodli va ravon yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida diktantni imloviy xatolarsiz va namunali yozgan xodimlarga korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash joizki, ona tilini e’zozlash — milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga munosib meros qoldirish demakdir.