XAVFSIZLIK SABOQLARINI BOLALIKDAN BOSHLANG

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari tomonidan “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹 Unda o‘quvchilarga elektr toki bilan bog‘liq xavf-xatarlar, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari va elektr qurilmalari yaqinida xavfsizlik talablariga rioya qilish zarurligi tushuntirilmoqda.

⚡️ Xususan, shikastlangan elektr simlariga tegmaslik, elektr jihozlarini nam qo‘l bilan ushlamaslik, transformator punktlari va boshqa elektr qurilmalariga yaqinlashmaslik, xavfli vaziyat yuzaga kelganda darhol kattalarga xabar berish lozimligi bolalarga tushunarli tilda yetkazilmoqda.

✅ Bunday targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad — yosh avlodning elektr xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularda ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilish odatini shakllantirish, baxtsiz hodisalarning oldini olishdir.