"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Viloyat hokimi Botir Zaripov Turkiyaning «EKSIM Holding» xolding kompaniyasi tarkibiga kiruvçi «Dicle Group» şirkati vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

💬Uçraşuvda kompaniya vakillari öz faoliyati, amalga oşirayotgan loyihalari hamda elektr energetikasi sohasidagi tajribasi haqida ma’lumot berdi.

✏️Ta’kidlanganidek, «EKSIM Holding» kompaniyasi Buxoro viloyati elektr taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, ularni zamonaviy texnologiyalar asosida yangilaş va xususiy boşqaruvga ötkaziş orqali sohaga investitsiyalar jalb etişdan manfaatdor.

❗️Asosiy maqsad — elektr tarmoqlarining işonçliligini oşiriş, mavjud infratuzilmani yangilaş hamda iste’molçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlaş böyiça samarali tizimni yölga qöyiş.

⚙️Viloyat hokimi hududning energetika sohasidagi salohiyati, xususan, qayta tiklanuvçi energiya manbalaridan foydalaniş kölamini kengaytiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarga töxtaldi.

🔼Şuningdek, Buxoroda «yaşil» energetika uluşini oşiriş, energiyani saqlaş tizimlarini keng joriy etiş, zamonaviy energiya saqlaş qurilmalari sonini köpaytiriş hamda bu yönalişda investitsiya loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan öz taklif va mulohazalarini bildirdi.

🖥Uçraşuv davomida elektr taqsimlaş tarmoqlarini modernizatsiya qiliş, xususiy sektor investitsiyalarini jalb etiş, sohada ilğor boşqaruv tajribasini joriy qiliş va hamkorlikning istiqbolli yönalişlari yuzasidan fikr almaşildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda modernizatsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Elektr tarmoqlari va podstansiyalarning ishonchli ishlashini ta’minlash, iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda modernizatsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Qorako‘l tumanidagi “XZK” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, mavjud texnik imkoniyatlarni kengaytirish uchun quvvati 2 500 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 4 000 kVA bo‘lgan transformatorga almashtirildi.

Shuningdek, podstansiyadagi elektr uskunalari va qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning ishonchli hamda xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

Ushbu ishlar kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talabni barqaror qondirish, tarmoqdagi ortiqcha yuklamalarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

MAVSUMGA TAYYORGARLIK ISHLARI NAZORATDAN O‘TKAZILDI

Energetika vaziri maslahatchisi D.Isakulov tomonidan Buxoroda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, elektr energetikasi infratuzilmasining texnik holati, mavjud muammolar va mavsumga tayyorgarlik doirasida belgilangan chora-tadbirlar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
Xususan, podstansiyalarda olib borilayotgan modernizatsiya va yangilash ishlari, elektr qurilmalarining texnik holati va ularning imkoniyatlari o‘rganilib, qurulish ishlarini jadallashtirish va muhim talablar asosida qurib bitkazish bo’yicha ko’rsatmalar berildi.

Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarga tezkor yechim topish, elektr tarmoqlari va qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash, iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini to’la qondirish yuzasidan mas’ul xodimlarga muhim tavsiyalar berildi.

Vobkentda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda

Aholi turmush sharoitini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Vobkent tumanida keng ko‘lamli modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, “Xayrobod”, “Teraklik”, “Rozmoz” va “Chorbog‘kent” mahalla fuqarolar yig‘inlarida eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga mustahkam temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Shuningdek, 6 200 metr uzunlikdagi zamonaviy himoyalangan SIP kabellari tortilib, har biri 250 kVA quvvatga ega 8 ta yangi transformator punkti foydalanishga topshirildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur mahallalardagi 3 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanib, aholiga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaydi.

Xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish — har bir xodimning hayoti, salomatligi va ish samaradorligining muhim kafolatidir.

Elektr energetikasi sohasida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish — har bir xodimning hayoti, salomatligi va ish samaradorligining muhim kafolatidir.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari tomonidan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilish jarayonida xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida elektr qurilmalarida ish olib borayotgan xodimlarning mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinayotganligi, ish joylarining belgilangan talablar asosida tayyorlanganligi, zarur himoya vositalari bilan ta’minlanganligi hamda xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilganligi atroflicha ko‘zdan kechirilmoqda.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish, xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Infografika

oriy yilning o‘tgan davri mobaynida Davlat dasturlari doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarni modernizatsiya qilish, yangilash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan infografika orqali tanishing!

Barqaror elektr ta`minoti_sari

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan sayyohlarning sevimli maskani Buxoroning eski shahar hududida elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish uchun yangilash ishlari olib borilmoqda.
Xususan, hududdagi iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini yaxshilash maqsadida “Humo-1” va “Humo-2” 6 kVli elektr uzatish tarmoqlari yangilanmoqda.
Ayni paytda loyiha doirasida 4 500 metr uzunlikdagi yer osti kabel tarmoqlari yotqizildi.

Mazkur ishlar yakunlangach:
🔹 Eski shahar hududidagi elektr ta’minoti ishonchliligi yanada oshadi;
🔹 Elektr tarmoqlarining tashqi ta’sirlarga chidamliligi kuchayadi;
🔹 Texnik yo‘qotishlar va avariyaviy uzilishlarning oldini olish imkoniyatlari kengayadi;
🔹 Aholi, tadbirkorlik subyektlari, sayyohlik infratuzilmasi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Videolavhani ko’rish

Modernizatsiya

Quvvat oshmoqda, imkoniyatlar kengaymoqda, barqaror elektr ta’minoti sari dadil qadamlar tashlanmoqda!
Elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotgan bir paytda, tarmoqlar quvvatini oshirish va mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, Buxoro shahridagi “Moxixossa” 35/10 kV podstansiyaga 10 000 kVA quvvatga ega yangi kuch transformatori o‘rnatildi.
Mazkur yangilanish elektr xo‘jaligi imkoniyatlarini kengaytirish, iste’molchilarga yanada sifatli va uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berishga xizmat qiladi.

Yangi transformator:
🔹 Podstansiyaning quvvat imkoniyatlarini oshiradi;
🔹 Elektr tarmoqlaridagi ortiqcha yuklamalarni kamaytirishga xizmat qiladi;
🔹 Texnik yo‘qotishlarning oldini olishga yordam beradi;
🔹 Iste’molchilarning elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlaydi.

Videolavhani ko’rish

Brifing

Kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish, mavsumni betalofat o‘tkazish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, Buxoro shahridagi elektr qurilmalari va tarmoqlarida bajarilgan ta’mirlash va yangilash ishlari haqida “Buxoro HETK” AJ Axborot xizmati rahbari ma’lumot berdi.

Brifingni ko’rish