Peshkuda ziyo taratayotgan taraqqiyot chiroqlari




Bugun Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning haqiqiy mezoni – inson manfaati, xalq farovonligi va hududlarning barqaror taraqqiyotidir. Prezidentimiz tashabbusi bilan hayotga tatbiq etilayotgan davlat dasturlari nafaqat shaharlar, balki eng chekka qishloq va mahallalar qiyofasini ham tubdan o‘zgartirmoqda. Ayniqsa, zamonaviy elektr energetikasi infratuzilmasini yaratish, aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab olingani bugun har bir hududda amaliy natijalarini namoyon etmoqda.
Buxoro viloyatining eng chekka hududlaridan biri – Peshku tumanida olib borilayotgan ishlar ana shu ezgu siyosatning yorqin ifodasidir. Elektr energiyasi – bu shunchaki yorug‘lik emas. U ishlab chiqarish quvvati, tadbirkorlik rivoji, ta’lim va tibbiyot muassasalari faoliyati, eng muhimi, har bir xonadonning osoyishta va farovon hayoti demakdir.
✅ Batafsil Uza.uz





























