“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda modernizatsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.





Elektr tarmoqlari va podstansiyalarning ishonchli ishlashini ta’minlash, iste’molchilarning ortib borayotgan elektr energiyasiga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda modernizatsiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Qorako‘l tumanidagi “XZK” 35/10 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, mavjud texnik imkoniyatlarni kengaytirish uchun quvvati 2 500 kVA bo‘lgan kuch transformatori quvvati 4 000 kVA bo‘lgan transformatorga almashtirildi.
Shuningdek, podstansiyadagi elektr uskunalari va qurilmalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning ishonchli hamda xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.
Ushbu ishlar kuz-qish mavsumida elektr energiyasiga bo‘lgan talabni barqaror qondirish, tarmoqdagi ortiqcha yuklamalarning oldini olish hamda iste’molchilarni sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

