Vobkentda elektr ta’minoti yaxshilanmoqda


Aholi turmush sharoitini yaxshilash, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Vobkent tumanida keng ko‘lamli modernizatsiya va yangilash ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, “Xayrobod”, “Teraklik”, “Rozmoz” va “Chorbog‘kent” mahalla fuqarolar yig‘inlarida eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga mustahkam temir-beton tayanchlari o‘rnatildi. Shuningdek, 6 200 metr uzunlikdagi zamonaviy himoyalangan SIP kabellari tortilib, har biri 250 kVA quvvatga ega 8 ta yangi transformator punkti foydalanishga topshirildi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida mazkur mahallalardagi 3 mingdan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilanib, aholiga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatlari kengaydi.

