Elektr energiyasidan oqilona foydalanish -davr talabi

G’ijduvon va Vobkent tumanlarida tadbirkorlar va ishlab chiqarish korxonalarini vakillari ishtirokida energiya samaradorligini oshirish, energiya manbalarining har bir miqdoridan oqilona foydalanish, yashil energiyani tobora keng joriy qilishga qaratilgan tadbir tashkil qilindi. Unda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan ishtirokchilarga elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo’yicha bir qator amaliy tavsiyalar berildi va iste’molchilar tasarrufida bo’lgan elektr qurilmalari, transformator punktlarida joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini olib borilishi orqali qancha elektr energiyasini tejab qolishi mumkinligi tahlil qilindi.

Ta’kidlash joizki, energiya manbalaridan samarali va oqilona foydalanish tadbirkorlik subektlari uchun ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, raqobatbardoshlikni oshirish va korxonaning iqtisodiy imkoniyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Transformator punktlari mukammal ta’mirlanmoqda

Hududlarda elektr ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda eskirgan va nosoz uskunalar zamonaviy qurilmalarga almashtirilmoqda, texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, zarur profilaktik tadbirlar bajarilmoqda.

Joriy yilda Buxoro shahridagi 93 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib, belgilangan grafiklar asosida 20 ga yaqin transformator punktlari to’la ta’mirdan chiqarildi.

Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari natijasida elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldi olinib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yaxshilanmoqda.

Xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy yondashuvlar asosida bilim olishi uchun sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy – joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqini beruvchi malaka oshirish kurslariga jamiyatning, Loyiha va smeta hujjatlarini ishlab chiqarish bo’limi muhandislari jalb qilindi. Belgilangan o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy imtihonlarda ijobiy natija ko’rsatgan xodimlar maxsus sertifikatlarga ega bo’ldi.

Mazkur chora-tadbirlar korxonada ish samaradorligi ortishi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Mustahkam tarmoq – uzluksiz elektr energiyasining kafolati

Elektr ta’minotining barqarorligi ta’minlash uchun elektr tarmoqlarini mustahkamlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi quvvatlarni ishga tushirish borasida Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, eskirgan elektr uzatish liniyalari va transformator punktlari bosqichma-bosqich yangilanmoqda.

Jumladan, Buxoro shahrining “Dilkusho”, “Gulchorbog’”, “Guliston” va “Sa’diy Sheroziy” MFY hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Kardialogiya” 6 kVli elektr uzatish tarmog’ida qisman yangilash ishlari amalga oshirildi. Buning uchun 40 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlanib, 2000 metr uzunlikdagi tarmoq yangilandi

Natijada 3000ga yaqin iste’molchilarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi

Bunday amaliy ishlar, iste’molchilarga sifatli va barqaror xizmat ko‘rsatish darajasi oshirib, tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Charog’on ko’chalar – farovon hayot timsoli

Shaharimizning tungi qiyofasini yanada yorqin va jozibador qilish, aholiga qulay hamda xavfsiz muhit yaratish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan ichki imkoniyatdan kelib chiqgan holda amaliy ko’mak ko’rsatilib, ko‘cha yoritish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda korxona xodimlari zamonaviy va energiya tejamkor ko‘cha chiroqlarini o‘rnatib, shahrimiz ko’chalariga yanada yorug’lik va aholi hayotiga yanada farovonlik ulashmoqda.

Mazkur ishlar nafaqat shahar infratuzilmasini rivojlantirishga, balki uning estetik ko‘rinishini yaxshilash va insonlarning quvonchiga xizmat qiladi.

Tuman elektr taʼminoti korxonalari hamda boʻlim va xizmatgohlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy “Changan” rusumdagi 22 dona elektromobil topshirildi.

Aholining elektr energiyasi taʼminotiga boʻlgan talabini qondirish, joylarda elektr tarmoqlari xizmatini rivojlantirish, zarur infratuzilma tarmogʻini shay qilish, favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish, nosozliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish, aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi shahar, tuman elektr taʼminoti korxonalari hamda boʻlim va xizmatgohlarga Xitoyda ishlab chiqarilgan, zamonaviy “Changan” rusumdagi 22 dona elektromobil topshirildi.

Hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

Avval xabar berganimizdek elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlar jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, G’ijduvon tumani “Buktaroy” MFY hududlari o’rganilganda Xaroshxona qishlog’idagi xonadonlardan biri elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holatda, elektr energiyasidan noqonuniy tarzda foydalanib kelyotganligi va mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 80 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Shu o’rinda, barcha iste’molchilardan elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan qoidalarga rioya etishlari so‘raymiz.

Aholi murojaati natijasida elektr ta’minoti yaxshilandi

G’ijduvon tumani “G’ovshun” MFY Quyi qirg’izlar qishlog’i aholisining elektr quvvatini me’yor darajasiga keltirish borasidagi murojaati o’rganib chiqildi va unga ijobiy yechim topish maqsadida hududdagi quvvati 160 kVA bo’lgan tranformator punkti 250 kVA quvvatdagisiga almashtirildi. Natijada 200dan ortiq xonadonning elektr ta’minoti yaxshilandi.

Shuningdek, tumanning “Sohibiyon” MFY Denov qishlog’ida 15 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostlandi,1 500 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’i tortildi va 1 dona quvvati 100 kVAli qo’shimcha transformator punkti ishga tushurildi.

Kuchli tarmoq – uzluksiz ta’minot

So’ng’i vaqtlarda iste’molchilarning sifatli elektr energiyasiga bo’lgan talabini qondirish va uzluksizligini ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Buxoro shahrini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish maqsadida yana bir yirik loyiha amalga oshirildi. Buxoro sharining “Mustaqillik” MFY hamda unga yondosh hududlardagi 2 500ta iste’molchilarni elektr ta’minotini yaxshilash uchun 6 000 metr uzunlikdagi, yangi yer osti kabel tarmog’i tortildi.

Belgilangan vazifalarni o’z vaqtida bajarish uchun Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining 60dan ortiq xodimlari va 5 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Ushbu ishlar elektr ta’minotidagi uzilishlarni va tarmoqdagi yo‘qotishlari sezilarli darajada kamayishi, shuningdek, aholining turmush farovonligini oshishiga xizmat qiladi.