Murojaatlar o’zining ijobiy yechimini topmoqda.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushayotgan murojaatlarni tezkorlik bilan o’rganib, ularga qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish borasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada viloyatimizning Kogon tumanida ham bir qator qurilish va montaj ishlari amalga oshirildi. Xususan, tumannining “Tutkunda” MFY Sheyxon qishlog’i aholisining elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq muammolari bartaraf qilindi. Hudud aholisining elektr energiyasi taminotini yaxshilash maqsadida 37 dona mustahkam temir beton tayanchlari rostladi. Shuningdek, quvvati 160 kVA bo’lgan qo’shimcha transformator punkti o’rnatildi va 2 300 metr uzunlikdagi elektr uzatish tarmog’i tortildi. Natijada 150ga yaqin xonadonlarning elektr ta’minoti yaxshilandi.

ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANISH HOLATI ANIQLANDI

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi hamda Romitan tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari hamkorligida o’tkazilgan reyd tadbirlari davomida Romitan tuman, “Xosa” MFY, Xosa qishlog’ida “Kompyuter” o’yinlariga moslashtirilgan joy sifatida faoliyat yuritib kelayotgan noturar bino elektr energiyasidan shartnomasiz ulanib, noqununiy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, mazkur qoidabuzarlik oqibatida elektr ta’minoti korxonasiga 793 mln.so’m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan. Ayni vaqtda holat yuzasidan to’plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Jarayon

Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylardagi podstansiyalarning va transformator punktlarining holati doimiy ravishda o’rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari ko’rilmoqda. Podstansiyalar obodonlashtirilib, elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilanmoqda va ulanish nuqtalarini ko’rikdan o’tkazilib, kamchiliklar tuzatilmoqda. Xuddi shunday, mahalla va ko’chalardati transformator punktlari joriy ta’mirlanib, yuklamalar teng taqsimlash bo’yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, joriy ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligining oshishi hamda kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali o’chishlarning oldi olish, aholi va tadbirkorlarni me’yor darajasidagi elektr energiyasi bilan ta’minlashda o’z samaradorligini ko’rsatadi.

Talija ko’chasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash sari muhim qadamlar tashlanmoqda.

Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan manan eskirgan simyog’ochlar va elektr qurilmalarini bosqichma-bosqich yangilash ishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Buxoro shahri Talija ko’chasidagi mavjud havo elektr uzatish tarmoqlarini mustahkamlash uchun 30 dona mustahkam temir-beton tayanchlar o‘rnatish jarayonlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda, 2500 metr uzunlikdagi havo tarmog’ini yangilash, 1 dona qo’shimcha transformator punktini qurish rejalashtirilgan.

Mazkur ishlar hududagi 150ga yaqin xonadonni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish, tarmoqlarning ishonchliligini oshirish hamda xavfsizlik talablarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Energetiklar_24_soatlik_ish_faoliyatida

Avval xabar berganimizdek, qish mavsumini betalofat o’tkazish, elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida qo’shimcha brigadalar shakllantirilgan.

Hududlarda isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yuzaga kelayotgan muammolarni o’z vaqtida yechimini topishga qaratilgan choralar ko’rilmoqda.

Jarayon

Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida noqulay ob-havo taʼsirida kelib chiqayotgan muammolar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari tomonidan bartaraf etilmoqda.

Og‘ir sharoitlarda ham o‘z vazifasini sidqidildan bajarayotgan barcha tizim xodimlari sabab aholiga uzluksiz ravishda elektr energiyasini yetkazib berilmoqda.

Jarayon

Noqulay ob-havo va sovuq havo sharoitlariga qaramasdan, «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tarkibidagi tuman va shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari iste’molchilarga barqaror va sifatli elektr energiyasini yetkazib berish yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqdalar.
Elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf qilish uchun barcha maxsus texnikalar hamda xodimlar shay xolatga keltirilgan.

Mahallalarni uzluksiz elektr energiya bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaymoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududda elektr energiyasiga bo‘lgan talabning ortib borayotgani inobatga olinib, mavjud elektr tarmoqlaridagi yuklamani kamaytirish hamda iste’molchilarni barqaror, uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida davlat dasturlari va belgilangan chora-tadbirlar asosida mavjud tarmoqlarni rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha elektr tarmog‘i qurilishi ishlari amalga oshirilmoqda.

Batafsil 👉 UZA.uz

⚡️ Tezkorlik va mas’uliyat — barqaror ta’minot garovi ⚡️

Qurilish korxonasining maxsus texnikasi (avtokran) haydovchisining ehtiyotsizligi sababli yuqori kuchlanishdagi tarmoqqa mexanik shikast yetkazganligi natijasida 2026 yilning 14 yanvar kuni soat 10:55da 35 kV kuchlanishdagi havo tarmog’ida avariyali uzilishlar kuzatilgan.

Mazkur holat “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mutaxassis xodimlari tomonidan zudlik bilan o‘rganilib, 3 ta maxsus texnika va 15ga yaqin malakali xodimlar jalb etilgan holda ta’mirlash ishlari olib borildi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida elektr tarmog‘i to‘liq tiklanib, iste’molchilar qayta barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi.

⚠️ Shu alohida ta’kidlab o’tish joizki, bunday holatlarning oldini olish maqsadida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarur.
E’tibor va mas’uliyat — xavfsizlikning eng muhim omili!

💬Facebook (https://www.facebook.com/buxorohududiyelektrtarmoqlari) | Telegram (https://t.me/buxenergo) | 🌐 Veb-sayt (https://buxelektr.uz/) | 📞1154 (https://t.me/buxenergo/614)