Xususiy aksiyalarni sotib olish
Xususiy aksiyalarni sotib olish
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va «Buxoro XETK» AJ ustaviga asosan jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
I. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining joylashtirilgan aksiyalarning bir qismini olish va ushbu aksiyalarning umumiy sonini kamaytirish yo‘li bilan jamiyat ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra;
II. Aksiyalarni keyinchalik qayta sotish maqsadida jamiyatning Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra;
III. Aksiyadorlarning talabiga ko‘ra, agar ular aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida quyidagi qarorlar qabul qilishda qarshi ovoz bergan bo‘lsa yoxud ovoz berishda uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan bo‘lsa:
a) Jamiyatni qayta tashkil etish;
b) Joylashtirilgan aksiyalarni yiriklashtirish;
v) O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 84-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlariga muvofiq jamiyat tomonidan mol-mulkni olish yoki boshqa shaxsga berish bilan bog‘liq yirik bitim tuzish;
g) Jamiyatning ustaviga ovoz beruvchi aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning huquqlarini cheklovchi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki yangi tahrirdagi ustavni tasdiqlash.
Jamiyat tomonidan o‘z aksiyalarining olinishi, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, mustaqil ravishda yoki qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari orqali amalga oshiriladi.
«Buxoro HETK» AJ ayni vaqtda jamiyatning joylashtirilgan aksiyalarini sotib olishni amalga oshirmayapti.