BILIM_TAJRIBA_VA_MAHORAT

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda yosh xodimlar malakasi va kasbiy mahoratini oshirish maqsadida ko’rgazmali o’quv seminari tashkil qilindi. Seminarda 160dan ortiq xodimlar ishtirok etib, o’zining salohiyatini namoyon qildi. Tadbir davomida ish jarayonlarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga har qanday holatda ham amal qilish, elektr qurilmalari va tarmoqlarida ta’mirlash ishlarini bajarish oldidan amalga oshirilishi lozim bo’lga tashkiliy tadbirlar, xavfsizlik texnikasi qoidalari, avariyaviy holatlar kuzatilganda harakatlanish ketma ketligi va jabrlangan xodimlarga birinchi yordam ko’rsatish bo’yicha xodimlarning bilim va malakalari baholandi. Tadbir davomida zukko va sohaga oid boy tajribaga ega bo’lgan xodimlar va jamoalar e’tirof etildi hamda korxonaning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Yashil_energiya

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, aholiga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Navbatdagi ko’rgazmali seminar Peshko’ tumanida bo’lib o’tdi. Unda aholi va tadbirkorlarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo’yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi.