Xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy yondashuvlar asosida bilim olishi uchun sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy – joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqini beruvchi malaka oshirish kurslariga jamiyatning, Loyiha va smeta hujjatlarini ishlab chiqarish bo’limi muhandislari jalb qilindi. Belgilangan o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy imtihonlarda ijobiy natija ko’rsatgan xodimlar maxsus sertifikatlarga ega bo’ldi.

Mazkur chora-tadbirlar korxonada ish samaradorligi ortishi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

BIZ_KORRUPSIYAGA_QARSHIMIZ

Korrupsiyaning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik jamiyat taraqqiyoti va adolatli boshqaruvni ta’minlashda muhim omillardan biridir. Shu bois, ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati va Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan xodimlarni ogohlikka chaqirish maqsadida suhbatlar va seminarlar tashkil etilib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning huquqiy javobgarligi, jamiyatga yetkazadigan zarari haqida batafsil ma’lumotlar berilmoqda.

Bunday tadbirlar orqali xodimlarda halollik, shaffoflik va mas’uliyat hissini kuchaytirish, har bir xodimning mas’uliyatini oshirish va sog‘lom ish muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.