Xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda.



“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda xodimlar malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, bu borada tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda. Xodimlarning kasbiy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida zamonaviy yondashuvlar asosida bilim olishi uchun sharoitlar yaratib berilmoqda.
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy – joy kommunal xo’jaligi vazirligi huzuridagi Kompetensiyani rivojlantirish institutining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va mualliflik nazoratini olib borish huquqini beruvchi malaka oshirish kurslariga jamiyatning, Loyiha va smeta hujjatlarini ishlab chiqarish bo’limi muhandislari jalb qilindi. Belgilangan o’quv kursini muvaffaqiyatli tamomlab, yakuniy imtihonlarda ijobiy natija ko’rsatgan xodimlar maxsus sertifikatlarga ega bo’ldi.
Mazkur chora-tadbirlar korxonada ish samaradorligi ortishi, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

