Transformator punktlari mukammal ta’mirlanmoqda





Hududlarda elektr ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlash maqsadida transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda eskirgan va nosoz uskunalar zamonaviy qurilmalarga almashtirilmoqda, texnik holati to‘liq ko‘zdan kechirilib, zarur profilaktik tadbirlar bajarilmoqda.
Joriy yilda Buxoro shahridagi 93 dona transformator punktlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan bo’lib, belgilangan grafiklar asosida 20 ga yaqin transformator punktlari to’la ta’mirdan chiqarildi.
Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan ta’mirlash ishlari natijasida elektr tarmoqlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldi olinib, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr energiyasining sifati yaxshilanmoqda.

