Buxoro shahridagi “Markaziy” 110/35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

⚡️ Elektr energetika tizimining barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash, iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish hamda mavjud elektr qurilmalarining texnik holatini yaxshilash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Buxoro shahridagi “Markaziy” 110/35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

Ta’mirlash jarayonida podstansiyadagi elektr qurilmalari va uskunalarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, ularning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur texnik tadbirlar amalga oshirildi.

✅ Bunday profilaktik va ta’mirlash ishlari elektr uskunalarining xizmat muddatini uzaytirish, kutilmagan nosozliklarning oldini olish, mavsumda elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.