Elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida 2026 yilning o’tgan davri mobaynida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.





Buxoro viloyatida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman”, “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahallalar”, shuningdek, tanlab olingan “og‘ir” tuman va mahallalarda aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish maqsadida 2026 yilning o’tgan davri mobaynida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Davlat dasturlari doirasida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan:
🔹 3 492 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi;
🔹 186,3 km uzunlikdagi 0,4–10 kVli elektr uzatish tarmoqlari tortildi;
🔹 96 dona transformator punkti o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash, aholi xonadonlariga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

