“Olot” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.





Olot tumanida elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlash, elektr qurilmalarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tumandagi “Olot” 35/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi. Jarayon davomida podstansiya qurilmalarining texnik holati ko‘zdan kechirilib, zarur ta’mirlash va sozlash ishlari amalga oshirildi.
Mazkur ishlar elektr tarmoqlari va qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlash hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

