ONA TILIM — FAXRIM

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan umummilliy diktant tashkil etildi

Tadbirning asosiy maqsadi davlat tilining nufuzini oshirish, korxona xodimlarining yozma savodxonligi va nutq madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Diktant jarayonida o‘zbek tilining imlo qoidalari, adabiy til me’yorlari va davlat tilida ish yuritish borasida korxona xodimlari o’zlarining bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu tashabbus ishtirokchilarda ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, kundalik faoliyatda savodli va ravon yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida diktantni imloviy xatolarsiz va namunali yozgan xodimlarga korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash joizki, ona tilini e’zozlash — milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga munosib meros qoldirish demakdir.