Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

 

Energetika vazirligining xabariga ko’ra ayni kunlarda elektr energiyasiga nisbatan talabning oshib borishi tufayli mamlakatimiz bo‘ylab, iste’molchilar elektr energiyasi ta’minotida cheklovlar kiritilishiga majbur bo‘linmoqda.

Shu jumladan, energo tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyaviy hodisalarni oldini olish maqsadida Buxoro viloyati hududlariga ham cheklovlar kiritilayotganligini ma’lum qilamiz.

Shu o‘rinda iste’molchilardan tabiiy gaz hamda elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishlarini so‘rab qolamiz. Chunki ishlatilmayotgan elektr uskunalarini tarmoqdan uzib qo‘yish, behuda yonayotgan chiroqlar, reklama yoritkichlari hamda boshqa manbalarni o‘chirib yurish orqali elektr tarmoqlariga tushadigan kuchlanishni kamaytirishimiz, qolaversa, isrofgarchilikning oldini olishimiz mumkin.

Yangi yilingiz bilan!

Assalomu aleykum qadrli yurtdoshlar!

Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2024 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil xonadoningizga fayzu – baraka, quvonch va shodlik, dasturxoningizga to’kin sochinlik olib kelsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.

Mamnuniyat ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (30 dekabr – 2 yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.

Shuningdek, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishni, nosoz va nostandart qurilmalardan foydalanmaslikni hamda yoritish bezaklarini nazoratsiz qoldirmaslikni sо‘rab qolamiz.

Ma’lumot uchun: Respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

➖mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

MAXSUS VIDEOROLIKNI KO’RISH

 

HISOBLAGICH ORQALI CHEKLOVLAR KIRITILISHI ZARUR HOLLARDA QО‘LLANILADI

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endi xonadonda birdaniga uchta konditsionerni ulasangiz hisoblagich tokni avtomatik tarzda uzadi” yoki “hisoblagich orqali 10-15 kW quvvat doirasida cheklov kiritiladi” sarlavhali xabarlar keng tarqalib, bu, о‘z navbatida, kо‘pchilik elektr energiyasi iste’molchilari orasida turli tushunmovchiliklar va qator savollarni keltirib chiqarmoqda.

Ta’kidlash joizki, bunday chora eskirgan va ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan elektr tarmoqlari va transformator punktlari joylashgan ma’lum bir hududlarda iste’molchilarni uzoq vaqt elektr ta’minotidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida zarurat yuzasidan qо‘llaniladi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 sentabrdagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 475-sonli qaroriga (https://lex.uz/pdfs/6609144) asosan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil 1 oktabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari (https://het.uz/oz/lists/view/1919) oshishini ma’lum qiladi.

MA’LUMOT UCHUN: QARORGA ASOSAN AHOLI UCHUN TARIFLAR O‘ZGARISHSIZ QOLDI.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan О‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan qо‘shimcha dam olish kunlari (1-3 sentabr) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bо‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud tо‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali tо‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib о‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada yaxshilash hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 25 avgust soat 18:00 dan 26 avgust soat 18:00 gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

Shu bilan birga, ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tmoqchimiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 avgust soat 00:00dan 3 avgust soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati