Elektr energiyasi iste’molchilari diqqatiga!

Elektr energiyasini behuda sarflash javobgarlikka sabab bo‘ladi

Elektr va issiqlik energiyasini behuda sarflash, ya’ni elektr dvigatellaridan, elektr pechlari va boshqa elektr hamda issiqlik uskunalaridan muntazam ravishda, ishlab chiqarish zarurati bo‘lmagan holda to‘liq foydalanmaslik yoki ularni bekorga ishlatib qo‘yish, yoritish uchun elektr energiyasidan xo‘jasizlarcha foydalanish:

mansabdor shaxslarga BHM 5 baravaridan 15 baravarigacha (1 mln 650 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Agar Siz, elektr ta’minotiga oid korrupsion holatga duch kelsangiz, korrupsion harakatlar sodir etilganligiga oid holatlar guvohi bo‘lsangiz yoki shunday ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi” ishonch raqamlari orqali xabar berishingizni sо‘raymiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy munosabat

“Zo’r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi orqali Olot tumani “Bayot” MFY Qassob bayot qishlog’idan simyog’ochlarning holati bo’yicha qilingan murojaatga ijobiy yechim topish maqsadida ichki imkoniyatdan kelib chiqib 14 dona temir beton tayanchlari o’rnatildi. Hozirgi kunda Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari tomonidan 0.4 kVli havo elektr uzatish tarmog’ini tortish ishlari olib borilmoqda. Qisqa muddatlarda montaj ishlari yakunlanib, aholi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

Agar Siz, elektr ta’minotiga oid korrupsion holatga duch kelsangiz, korrupsion harakatlar sodir etilganligiga oid holatlar guvohi bo‘lsangiz yoki shunday ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Jamiyatning “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi” ishonch raqamlari orqali xabar berishingizni sо‘raymiz.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 mart soat 00:00dan 3 mart soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.

Mazkur vaqt oralig‘ida elektr energiyasi uchun onlayn tо‘lovlarni amalga oshirish hamda shaxsiy hisob raqamdagi mavjud ma’lumotlarni olishda texnik uzilishlar bо‘lishi, shu bilan birga iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida ayni muddatda qarzdor iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratilmasligini eslatib о‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr sо‘raymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan kо‘rsatilayotgan elektron xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda iste’molchilarga qо‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida 2023 yil 2 fevral soat 00:00dan 3 fevral soat 22:00gacha Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktik ishlar olib borilishini ma’lum qilamiz.