Divedendlar

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga !

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2015 yil yakunlariga bag’ishlanib, 2016 yil 30 iyunda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilindi. Mazkur qarorga muvofik, jamiyat tomondan chiqarilgan va joylashtirilgan xar bir imtiyozli aksiyaga, aksiya nominal qiymatinig 40 foizi miqdorida dividend to’lanadi. Imtiyozli aksiyalarga hisoblangan dividend, O’zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi qonunning 51-moddasi va jamiyat Ustavining 7.9. bandiga asosan, dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran 60 kun ichida to’lanadi. Dividend to’lash 2016 yilning 30 iyundan boshlanib, joriy yilning 28 avgustiga qadar yakunlanadi. Dividendlarni olish bo’yicha jamiyat hisobxonasiga murojaat etishingiz mumkin.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati ma’muriyati.

Chop etilgan: 19.07.2016 y.


«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga !

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining 2014 yil yakunlariga bag’ishlanib 2015 yil 12 iyunda bo’lib o’tgan umumiy yig’ilishda jamiyatning imtiyozli aksiyalariga dividend to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan va hisoblangan dividendni to’lash 2015 yilning 20 iyulidan boshlanib, 2015 yilning 11 avgustiga qadar yakunlanishi to’g’risida jamiyatning rasmiy veb-saytida va «Toshkent» Respublika fond birjasining rasmiy veb-saytiga e’lon chop etilgan edi. Lekin, shunga qaramasdan ayrim aksiyadorlar o’zlariga tegishli dividend mablag’larini olish uchun jamiyat hisobxonasiga murojaat qilmasdan kelmoqdalar.

Yuqoridagilarni inobatga olib, «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati o’z vaqtida dividend mablag’larini olish uchun murojaat etmagan aksiyadorlardan, dividendlarini olish uchun jamiyat hisobxonasiga murojaat etishlarini so’raydi.

«Buxoro HETK» aksiyadorlik jamiyati ijro organi
Chop etilgan: 03.05.2016 y.