Jamiyat strategiyasi va istiqbolli rejalari

O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2016 yil 27 aprel kuni o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlarni ijrosini hamda Buxoro viloyat hokimining 2016 yil 3 maydagi 162-sonli “O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag’ishlab, viloyatning shahar va tumanlarida 25 tadan ko’chalarni zamonaviy arxitektura talablari asosida loyihalashtirish, qurish hamda ta’mirlash ishlarini tashkil etish to’g’risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “Buxoro HETK” AJning 2016 yil 22 iyunda 202-sonli Buyrug’i chiqarildi.

Bugungi kunda yuqoridagi topshiriqlarga asosan tanlab olingan Buxoro va Kogon shaharlarida 50 tadan, qolgan tumanlarda 25 tadan ko’chalarda joylashgan elektr tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalarning texnik holatini talab darajasiga keltirish maqsadida, barcha tuman (shahar) elektr tarmoqlari korxonalari zarur bo’lgan materiallar bilan ta’minlanmoqda hamda joriy yilning 15 iyul sanasiga qadar joylarda ishlar to’liq yakunlanishi rejalashtirilgan.