NOQONUNIY ELEKTR ISTE’MOLIGA QARSHI NAZORAT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Elektr energiyasidan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga rioya etish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish hamda elektr ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash maqsadida “Buxoro HETK” AJ tomonidan muntazam ravishda nazorat va reyd tadbirlari olib borilmoqda

Reydlar davomida elektr tarmoqlariga belgilangan tartibni chetlab o‘tgan holda o‘zboshimchalik bilan ulanish, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish kabi qoidabuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

O’tkazilgan navbatdagi tadbirda Vobkent tumani “Niyozxo’ja” MFY Rabotisariq qishlog’idagi xonadonlardan biri belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada elektr ta’minoti korxonasiga 128 mln so’mdan ortiq zarar yetkazilganligi hisob kitob qilindi

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.