KORRUPSIYA HALOKATGA YETAKLOVCHI YO’L

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda jamiyat bosh direktori tomonidan korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu boradagi qonunchilik talablari hamda xodimlarning xizmat faoliyatida halollik, mas’uliyat va vijdonlilik tamoyillariga qat’iy amal qilinishi masalalari atroflicha muhokama qilindi va Buxoro tumanida kuzatilgan holat tanqidiy ravishda ko’rib chiqildi. Arzimagan moddiy manfaatdorlik uzoq yillar mehnat qilib topilgan obro’ e’tiborni bir zumda yakson qilib, yaqinlar oldida yuzumizni yerga qaratishi mumkinligi uqtirildi.

Shuningdek, korxonaning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i joriy yilning o’tgan davri mobaynida sohada sodir bo’lgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berdi va har bir xodim ogohlikka chaqirildi.