Month: Iyun 2026
KORRUPSIYA HALOKATGA YETAKLOVCHI YO’L






“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda xizmat intizomini mustahkamlash masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat xizmati boshlig‘i, Prokuratura vakillari, korxona rahbariyati, shahar va tuman elektr ta’minoti korxonalari xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida tizimda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, bu boradagi qonunchilik talablari hamda xodimlarning xizmat faoliyatida halollik, mas’uliyat va vijdonlilik tamoyillariga qat’iy amal qilishi masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, balki har bir fuqaro, har bir xodim va butun jamiyatning umumiy vazifasi ekani alohida ta’kidlandi.
Mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.






Iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, yoz va kuz-qish mavsumlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mavjud muammolarni oldindan bartaraf etish maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔧 Xususan, hududlardagi 105dona podstansiyalar ko’rikdan o’tkazilib, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nuqsonlarning oldini olishga qaratilgan joriy va mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda.
👷♂️ Joriy yildan jamiyat tomonidan 15 dona yuqori kuchlanishdagi podstansiyalarni mukammal 90 dona podstansiyalarni joriy ta’mirlash rejalashtirilgan. Ayni kunlarda belgilangan grafik asosida bosqichma – bosqich ta’mirlanmoqda va sinovdan o’tkazilmoqda.
✅ Ta’kidlash joizki, ta’mirlash ishlarining o’z vaqtida olib borilishi texnik uskunalar mustahkamligini oshiradi va tarmoqdagi ortiqcha yo’qotishlarni oldini olishda o’z samaradorligini ko’rsatadi.
1 IYUN — XALQARO BOLALARNI HIMOYA QILISH KUNI MUBORAK BO‘LSIN!

Aziz bolajonlar!
Sizlar — yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning eng bebaho boyligi va kelajak umidisiz. Sizlarning beg‘ubor kulgingiz, quvonchingiz va yutuqlaringiz biz uchun eng katta baxt va iftixordir.
Barcha bolalar sog‘lom, baxtli va barkamol bo‘lib ulg‘ayishini, ilm olish va orzu-maqsadlariga erishish yo‘lida ulkan zafarlarga erishishini tilaymiz.
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz!
Hurmat bilan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi.



