Aziz va shijoatli yoshlar!

Sizlarni 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etaman.
 
Yurtimiz taraqqiyoti, iqtisodiyotimiz barqarorligi va energetika sohasining kelajagi bilimli, tashabbuskor hamda vatanparvar yoshlar qo‘lida. Bugun «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati tizimida faoliyat yuritayotgan minglab yosh mutaxassislar o‘z bilim va salohiyati, izlanuvchanligi hamda mehnatsevarligi bilan sohamiz rivojiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
 
Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va ishonch ularning o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda innovatsion g‘oyalarni hayotga tatbiq etishi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Biz ham jamiyatimizda yosh kadrlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratamiz.
 
Ishonamanki, sizlar yuksak mas’uliyat, fidoyilik va zamonaviy bilimlaringiz bilan mamlakatimiz energetika sohasini yanada taraqqiy ettirish, xalqimiz farovonligi va Yangi O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shishda davom etasiz.
 
Barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobi, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan yutuqlar tilayman.
 
Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Boshqaruv raisi
A. Asqarov

2026-yil 1-iyuldan “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida ishga tushiriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi sinov rejimida ishga tushiriladi hamda u quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
— Korrupsiyaning oldini olish klasteri ishtirokchilari o‘rtasida tezkor ma’lumot almashish;

— davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlarini Dasturiy kompleks bilan integratsiya qilish orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini axborot jihatdan ta’minlash;

— Dasturiy kompleksning “E-Komplayens” modulini ishga tushirish orqali korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyatini to‘liq raqamlashtirish.

⚡️ XAVFSIZ MEHNAT – BARQAROR FAOLIYAT GAROVI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning 2026-yil 25-maydagi 146-sonli buyrug‘iga asosan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarida  “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi” oyligi o‘tkazilmoqda.

Jumladan, Peshko’ tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanilishi hamda ishlab chiqarish jarayonlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarning oldini olishga alohida e’tibor qaratish zarurligi bo’yicha o’quv seminari o’tkazildi.

Mazkur tadbirlar xodimlar salomatligini muhofaza qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va korxonada xavfsiz mehnat muhitini yaratishga xizmat qiladi.