Murojaatlar ijobiy hal qilinmoqda
Aholidan kelib tushayotgan murojaatlar “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joyiga chiqib o’rganilib, hududlar elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, Vobkent tumanining “Latifsobungar” MFY hududiga qarashli Qatag’an qishlog’idagi foydalanish muddati o’tgan va texnik holati talab darajasiga javob bermaydigan simyog‘ochlar o‘rniga 33 dona mustahkam temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, elektr uzatish tarmog’ining mustahkamligi oshirilmoqda.





















