Jazirama issiqda elektr uzatish tarmoqlarida avariya nega yuz beradi?

Yozning jazirama kunlarida elektr uzatish tarmoqlari yuqori harorat va ortib borayotgan yuklama sharoitida ishlaydi.

Bunday omillar ayrim hollarda elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelish ehtimolini oshiradi.

— Tashqi havo haroratining yuqori bo‘lishi simlarning qizishiga olib keladi;

— elektr iste’molining ortishi natijasida tarmoqlarda yuklama ko‘payadi;

— simlarning termik cho‘zilishi ularning osilish darajasini oshirishi mumkin;

— izolyatorlar, mahkamlagichlar va boshqa konstruktiv elementlardagi nosozliklar avariya xavfini kuchaytiradi.

Bunday holatlarda elektr uzatish tarmoqlarida nosozlik yuzaga kelishi va ayrim iste’molchilarning elektr ta’minoti vaqtincha cheklanishi mumkin.

Nosozlik aniqlangach, avariya-ta’mirlash brigadalari tomonidan zarur tiklash ishlari amalga oshiriladi.

“E-DALOLATNOMA” – SHAFFOF NAZORAT VA RAQAMLI BOSHQARUV SARI MUHIM QADAM

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish sohasida davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “E-dalolatnoma” axborot tizimi amaliyotga joriy etildi.

Mazkur zamonaviy tizim elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan dalolatnomalarni elektron shaklda rasmiylashtirish imkonini beradi. Bu esa nazorat tadbirlarini yanada tezkor, aniq va shaffof tashkil etishga xizmat qilmoqda.

“E-dalolatnoma” tizimining joriy etilishi natijasida qog‘oz hujjatlar aylanmasi bosqichma-bosqich qisqartirilib, barcha jarayonlar raqamli platforma orqali yuritiladi.

Shuningdek, dalolatnomalarni rasmiylashtirishdagi inson omili kamayib, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash hamda nazorat samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Videolavhani ko’rish