G’ijduvon tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan o’quv seminari tashkil qilindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim korxonalarida joriy yilning 10 iyunidan 10-iyuliga qadar “Xavfsizlik texnikasi ko‘rigi oyligi”o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tarkibidagi G’ijduvon tuman elektr ta’minoti xodimlari bilan o’quv seminari tashkil qilinib, tadbirda xodimlar elektr kuchlanishi ostiga tushgan jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, texnik uskunalarda kelib chiqgan yong’inni tezkorlik bilan bartaraf qilish, avariya tufayli uzilgan elektr simini qayta ulash, elektr qurilmalari va tarmoqlarni mukammal ta’mirlash uchun ish joyini belgilangan talablar asosida tayyorlash kabi shartlar bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdi.

