⚡️ Jazirama kunlarda elektr ta’minoti barqarorligi va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash e’tibor markazida

Ayni yoz chillasida havo harorati tobora ko’tarilib borayotgan bir sharoitda elektr energetikasi sohasi vakillari iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi ta’minlash uchun, belni mahkam bog’lab, o’z zimmasidagi mas’uliyatni chuqur anglagan holda mehnat qilmoqda.

Buxoro viloyatida ham anchagina yuqori havo massalari hukumronlik qilayotgan bo’lsada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bilan mashg’ul. 

Jazirama yoz pallasida ham qalbidagi iliqlik, mas’uliyat va fidoyilikni yo’qotmay, uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish yo’lida, ochiq osmon ostida mehnat qilayotgan xodimlarning mehnati e’tirofga loyiq. Ularning mehnati qadrlash – barchamizning insoniy burchimizdir.

Videolavhani ko’rish

Vobkent tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Vobkent tumanida bo’lib o’tdi. Unda  “Xo’jarobod” MFYdagi xonadonlar o’rganilganda iste’molchi tomonidan elektr tarmog’iga elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holda ruxsatsiz ulanib, belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelinganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada elektr ta’minoti korxonasiga 246 mln so’mdan ortiq zarar yetkazilganligi hisob kitob qilindi.
Aniqlangan holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.