Vobkent tumanida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi.


«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida hududlarda nazorat-reyd tadbirlari doimiy ravishda o’tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Vobkent tumanida bo’lib o’tdi. Unda “Xo’jarobod” MFYdagi xonadonlar o’rganilganda iste’molchi tomonidan elektr tarmog’iga elektr ta’minoti korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmagan holda ruxsatsiz ulanib, belgilangan tartib-qoidalarga zid ravishda elektr energiyasidan foydalanib kelinganligi ma’lum bo‘ldi. Natijada elektr ta’minoti korxonasiga 246 mln so’mdan ortiq zarar yetkazilganligi hisob kitob qilindi.
Aniqlangan holat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda choralar ko‘rilmoqda.

