“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning bilim saviyasini oshirish, ularni kasbiy – texnik o’qitish bo’yicha ishlab chiqilgan dastur asosida o’quv darslari tashkil etildi. Mashg’ulotlarda o’quv darslariga jalb qilingan xodimlarning xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda ish joylarini tashkil qilishlari, ularning ishlab chiqarishga moslashishlari va malaka ko’nikmalarini yanada orttirishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
O’qish jarayonlari jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan malakali mutaxassislar, oliy ta’lim muassasalarining o’qituvchilari, shuningdek, sohada uzoq yillar davomida ishlab, soha rivojiga hissa qo’shgan ustozlar tomonidan olib borilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati bo’limi mutaxassislari tomonidan Olot tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan uchrashuv o’tkazilib, “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida xodimlarga o’z mehnat vazifalarini bajarishlari chog’ida ta’magirlik, poraxo’rlik kabi illatlarga yo’l qo’ymasliklari, korrupsiya barcha sohalar kabi elektr energetika sohasining rivojlanishiga to’sqinlik qilishi, bugungi kunda korrupsiya ildizini tag-tomiri bilan sug’urib tashlash borasida olib borilayotgan ishlar bo’yicha tushintirishlar berildi. Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi va tizimda sodir bo’layotgan korrupsion holatlar haqida ma’lumot berildi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» aksiyadorlik jamiyati barcha yurtdoshlarimiz va harbiylarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.
❄️🎄🎄 Barchangizni kirib kelgan yangi 2025 yil bilan samimiy muborakbod etamiz. Yangi yil о‘zida ulug‘ maqsad va eng ezgu niyatlarni mujassam etib, xalqimizni katta yaratuvchanlik ishlariga ruhlantirsin! 2025 yilda xonadoningizdan cheksiz quvonch, fayzu baraka, tinchlik-osoyishtalik arimasin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, umringiz uzun, qalbingiz hamisha butun, chehrangiz porloq bo’lsin. Shirin orzular ro’yobini ko’rish barchamizga nasib etsin.
Mamnuniyat ila, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda energiya sotish masalalari bo‘yicha yangi tuzilayotgan dalolatnomalarni hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, elektron shakllantirishning, “E-DALOLATNOMA” online tizimini joriy etish bo‘yicha “HET” AJ Axborot ta’minoti va innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida o‘quv seminari o’tkazildi. Seminarda “E-Dalolatnoma” tizimining joriy holatdagi shakli, ushbu tizimni joylarda joriy etish bo‘yicha to‘liq ma’lumot berildi. Shuningdek, tizimning avzalliklari, uning imkoniyatlari va uni ishlatish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Yakunda foydalanish tartibi to‘g‘risidagi o‘quv seminari qatnashchilarining savollariga javob berildi.
⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Peshko’ tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yig’ini binosida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi. 📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi. Shuningdek, elektr energiyasi iste’molchilaridan kelib tushgan murojaatlar joyiga chiqib o’rganib, qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” Ajda “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan e’lon qilingan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Masullar tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, bu illatga imkon berayotgan omillarni o’z vaqtida aniqlash va unga chek qo‘yish barcha sohalardagi dolzarb vazifa ekanligini bo’yicha jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarga batafsil tushuntirishlar berildi. Tadbirda korrupsiyaga qarshi kurashish va jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlandi.
«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ jamoasi barcha vatandoshlarimizni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yillik bayrami bilan samiymiy muborakbod etadi.
Qomusimizning qutlug‘ bayrami barchamizga muborak bo‘lsin. Xalqimiz tinch, yurtimiz omon bo‘lsin! Barchamizni Yaratganning o‘zi panohida asrasin!
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari” AJda 9 – dekabr “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” hamda Aksilkorrupsiya oyligi munosabati bilan korxonalarda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo’lish, xodimlar huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, odob axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash masalalariga bagishlab kengaytirilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda Buxoro viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo’limi boshlig’i B.Xudoyberdiyev, jamiyat rahbariyati, bo’lim va xizmatgohlarning boshliqlari, jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalarining rahbarlari, bosh muhandislari, boshliq o’rinbosarlari ishtirok etdi. Tadbirda energiya resurslari iqtisodiyot va butun jamiyatning ertangi taqdiri bilan bog’liq o’ta jiddiy masala ekanligi, energiya resurslari tobora kamayib, qimmatlashib borayotganligi, hozirgi vaqtda resurslardan oqilona va samarali foydalanish favqulotda muhim ahamiyat kasb etganligiga alohida to’xtalib o’tilda va umumxalq boyligiga xiyoyat qilishga hech kimning haqqi yo’qligi, korrupsion holatlarni aslo kechirib bo’lmasligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, tizimda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib borilayotganligiga qaramasdan bugungi kunda ham energiya resurslarini talon-taroj qilish holatlari uchrayotganligi misollar bilan keltirildi va bu achinarli holat ekanligi, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, uni kelib chiqishini barvaqt oldini olishga qaratilgan choralarni yanada kuchaytirish lozimligi aytildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish zarurligi ta’kidlandi va barcha xodimlar yana bir bor ogohlikka chaqirildi.