E`tirof

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan samimiy va kamtarin inson Jalilov Tolib Jalilovich uchun bugun yaxshi kun. Ustoz xodim 60 yoshni qarshiladi. Umrining yarmidan ko’pini tizimda o’tkazgan bu inson faoliyati haqiqatda e’tirofga loyiq.

Ish faoliyati hamda bosib o’tayotgan umr yo’li davomida o‘z mehnati, tajribasi va fidoyiligi bilan jamoamizda munosib o‘rnak bo‘lib kelgan ustoz xodimning faoliyatini jamiyat bosh direktori yuksak baholab sana munosabati bilan qutladi va ustoz-shogirdlik an’anasini munosib davom ettirgan inson sifatida yaxshi fikrlar bildirildi.

Yangi Oʻzbekiston” massividagi «Eko shahar»da yangi “Energetiklar bogʻi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Fargʻonada tashkil etilgan “Yoshlar forumi” doirasida Fargʻona shahrida barpo etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massividagi «Eko shahar»da yangi “Energetiklar bogʻi”ning ochilishi boʻlib oʻtdi.

Ushbu ezgu tashabbusga Buxoro energetiklari ham o’z hissalarini qoshib, iqlimga mos mevali manzarali ko’chatlarni yerga qadashdi.

👉👉👉 @buxenergo

Quyosh panellari issiqxona uchun toza energiya manbai.

Issiqxonalarni issitish va yorug’lik bilan ta’minlashda ham quyosh panellari samarali yechim sifatida namoyon bo’lmoqda. Birinchidan, issiqxonalar doimiy ravishda yorug‘lik va elektr quvvatiga ehtiyoj sezadi. Quyosh panellari esa tabiiy quyosh nuridan foydalanib, issiqxona ichidagi yoritish, sug‘orish tizimi va isitish moslamalarini elektr bilan ta’minlashga yordam beradi.

✅ Batafsil

Milliy_qadriyatlar

Milliy liboslarda xalqimizning tarixi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari mujassamdir. Hozirgi kunda milliy liboslar jozibasini xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish g‘oyat muhim sanaladi.

✅ Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

“KASB MAHORATI – 2025” RESPUBLIKA BOSQICHIGA START BERILDI!

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Samarqand hududiy filiali o‘quv-mashg‘ulotlar poligonida energetika sohasida an’anaga aylangan muhim tadbir – “Kasb mahorati” musobaqasining Respublika bosqichi o‘z startini oldi.

Jamiyat Boshqaruvi raisi tashabbusi bilan har yili o‘tkazilib kelinayotgan mazkur bellashuvning asosiy maqsadi – xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish, hamda soha mutaxassislarining kasbiy mahoratini yanada oshirishdir.

“Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida o‘tkazilayotgan joriy yilgi musobaqada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ saralangan jamoasi ham ishtirok etmoqda.

FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortmoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berish maqsadida joylarda targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Batafsil 👉 Uza.uz

Aziz yurtdoshlar, qadrli kasbdoshlar!

Barchangizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Shunday qutlug’, saodatli kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, umr yo’lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Goʻzal va betakror diyorimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka aslo tark etmasin!

Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

Korxonalarda erta tongdan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida hashar tadbirlari tashkil etildi.

🌿 Yurtimiz uzra o‘tkazilayotgan umumxalq hasharlari mahalla va maskanlar obodligiga hissa qo‘shmoqda va xalqimizni hamjihatlikka chorlab, mehr-oqibatni ham mustahkamlamoqda.
Ayni paytda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarbidagi barcha elektr ta’minoti korxonalarining xodimlari ham ezgu tashabbusga munosib hissa qo’shmoqdalar. Korxonalarda erta tongdan “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida hashar tadbirlari tashkil etildi. Hasharda binolar va ular atroflarini obodonlashtirish, daraxt va butalarga shakl berish, ularni tartibga keltirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, ezgu ishning uzviy davomi sifatida energetika sohasining rivojiga benazir hissa qo’shgan ustozlarning mangu qo’nim topgan maskanlarini obod qilish borasida ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bunday tadbirlar faqatgina mehnat emas, balki mehr-oqibat va birdamlik bayramidir. Hashar odamlarni birlashtirib, qalblarga iliqlik, jamiyatga fayz olib kiradi.

Milliy_qadriyalar

«MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI» chellenjida Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari faollik ko’rsatmoqda.

✅ Siz ham ushbu ezgu tashabbusga qo‘shiling, chellenjda faol ishtirok eting!

Yashil_energiya

Bugungi kunda yurtimizda elektr energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari imkoniyatlaridan to’laqonli foydalanish borasida keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Xususan, jismoniy hamda yuridik shaxslar tomonidan o’rnatilayotgan quyosh panellari uchun qulay va istiqbolli shart – sharoitlar yaratib berilgan. Albatta yashil energiya manbalarini joriy qilib, undan samarali foylanib kelayotgan fuqarolar soni tobora ortib bormoqda. Bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish, tadbirkorlarga quyosh panellarining afzalliklari va davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida tushuntirishlar berish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda targ’ibot tadbirlari o’tkazilmoqda. Navbatdagi ko’rgazmali seminar Vobkent tumanida bo’lib o’tdi. Unda tadbirkorlarga quyosh panellari va quyosh kollektorlarining natijadorligi bo’yicha tahlillar asosida batafsil tushuntirishlar berildi.