Navro'z sayli

“Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasida 2019 yilning 20 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan xalq sayli hamda ko‘ngil ochar tadbirlar tashkil qilindi. Tashkil qilingan saylda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ham faol ishtirok etdilar.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ishchi-xodimlari ushbu xalq saylida korxona uchun belgilangan maydonchada Navro‘z shukuhini beruvchi bezaklar bilan bezab sayl ishtirokchilarida bahor kayfiyatini uyg‘otishga harakat qilishdi.

“Ezgulik timsoli, xush kelding Navro‘z”, “Navro‘z dasturxoni” va “Navro‘z yallasi” kabi loyihalarni o‘z ichiga qamrab olgan sayllar barchaga chinakam bayram kayfiyatini ulashdi.

Korxona rahbariyatining, ishchi-xodimlarining xalq bilan birga bir tanu bir jon bo‘lib, milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimiz bo‘y cho‘zgan Navro‘z saylida qadamba-qadam bo‘lishgani yoshu qariga samimiyat ulashdi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (2019)

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati barcha o‘zbekistonliklarni 14 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaydi.

O‘zbekiston himoyasi uchun hamisha shay bo‘lgan milliy armiyaga, mard va jasur o‘g‘lonlarga mamlakatdagi tinchlikni ta’minlab turishdagi matonati uchun hurmat bildiradi.

Shu munosabat bilan 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati xodimlari “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchanbar qo‘yishdi.

  “Buxoro HETK” AJ

Bo'sh ish o'rinlari uchun mehnat yarmarkasi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ da bo’sh ish o’rinlari uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 2018 yil 28 iyul kuni “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda ““O’zbekenergo” AJ yoshlarni ishga taklif etadi” vakant bo’sh ish o’rinlari yarmarkasi tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbirda oliy o’quv yurtini tugatgan hamda o’rta-maxsus energetika mutaxassislikka ega bo’lgan yoshlar katnashdi. Shuni alohida ta’kidlash joizki o’tkazilgan mazkur yarmarkada nomzodlar shu erning o’zida ish beruvchilar tomonidan suhbatdan o’tkazilib, ishga qabul qilishga tavsiya etildi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o’tganlar barcha hujjatlarini takdim etgandan so’ng, ma’lum muddatda ishga qabul qilishganligi to’g’risida ma’lumot beriladi.


14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni

 

25-14012017

        Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Buxoro Hududiy Elektr Tarmoqlari Korxonasi nomidan aziz vatan himoyachilarini ushbu bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang!

       Barchani Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganining 25 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabriklaymiz.