Brifing

Kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish, mavsumni betalofat o‘tkazish uchun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, Buxoro shahridagi elektr qurilmalari va tarmoqlarida bajarilgan ta’mirlash va yangilash ishlari haqida “Buxoro HETK” AJ Axborot xizmati rahbari ma’lumot berdi.

Brifingni ko’rish

MALAKA OSHIRISH VA TEXNIK O’QITISH— DOIMIY E’TIBORDA!

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda faoliyat yuritayotgan xodimlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, mehnat xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, ularning bilim va malakasini oshirish, xavfsizlik qoidalari talablariga rioya etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.

Shu bilan birga, elektr qurilmalarida ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish, avariya holatlarida tezkor va to‘g‘ri harakat qilish va yong‘in xavfsizligi qoidalarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Bunday tadbirlar xodimlarning mas’uliyatini oshirish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish va elektr ta’minoti tizimining ishonchli ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

⚡️ “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati ishtirokida Jondor va Olot tumanlaridagi Xalq qabulxonalarida aholining elektr energiya sohasiga oid murojaatlarini o’rganish yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

📝 Sayyor qabulda fuqarolarning elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq barcha murojaatlari tinglandi va qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish choralarini ko’rish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlash joizki, bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlab, joylardagi muammolarni tezkor va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Elektr_xavfsizligi_oyligi

 “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari bilan birgalikda “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda.
🔹 Tadbirlar davomida o‘quvchilarga elektr toki bilan bog‘liq xavf-xatarlar, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari hamda elektr qurilmalari yaqinida ehtiyotkor bo‘lish va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligi tushuntirilmoqda.
🔹 Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan ish joylarida mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilgani hamda ish jarayonlarining belgilangan talablar asosida tashkil etilgani joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.
⚡️ Elektr xavfsizligi qoidalariga amal qilish — hayot va salomatlikni asrashning muhim shartidir!

Videolavhani ko’rish

XAVFSIZLIK SABOQLARINI BOLALIKDAN BOSHLANG

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mas’ul xodimlari tomonidan “Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔹 Unda o‘quvchilarga elektr toki bilan bog‘liq xavf-xatarlar, elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish qoidalari va elektr qurilmalari yaqinida xavfsizlik talablariga rioya qilish zarurligi tushuntirilmoqda.

⚡️ Xususan, shikastlangan elektr simlariga tegmaslik, elektr jihozlarini nam qo‘l bilan ushlamaslik, transformator punktlari va boshqa elektr qurilmalariga yaqinlashmaslik, xavfli vaziyat yuzaga kelganda darhol kattalarga xabar berish lozimligi bolalarga tushunarli tilda yetkazilmoqda.

✅ Bunday targ‘ibot tadbirlaridan ko‘zlangan maqsad — yosh avlodning elektr xavfsizligi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularda ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilish odatini shakllantirish, baxtsiz hodisalarning oldini olishdir.

ONA TILIM — FAXRIM

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan umummilliy diktant tashkil etildi

Tadbirning asosiy maqsadi davlat tilining nufuzini oshirish, korxona xodimlarining yozma savodxonligi va nutq madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Diktant jarayonida o‘zbek tilining imlo qoidalari, adabiy til me’yorlari va davlat tilida ish yuritish borasida korxona xodimlari o’zlarining bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu tashabbus ishtirokchilarda ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, kundalik faoliyatda savodli va ravon yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida diktantni imloviy xatolarsiz va namunali yozgan xodimlarga korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash joizki, ona tilini e’zozlash — milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga munosib meros qoldirish demakdir.

BOLA XAVFNI ANGLAMASLIGI MUMKIN, KATTALAR ESA UNI OLDINDAN KO‘RA BILISHI SHART!

Bola dunyoni qiziquvchan nigohlar bilan taniydi. U uchun rozetka – oddiy buyum, elektr ustuni – qiziqarli manzara, uzilgan sim esa xavf ekanini anglash qiyin. Chunki bola xavfni emas, qiziqishni ko‘radi. Kattalarning vazifasi esa aynan shu nuqtada boshlanadi: bola hali anglamagan xavfni oldindan ko‘ra bilishi va uning oldini olishi kerak.

Farzandimizga «tegma», «yaqinlashma», «mumkin emas» deyishning o‘zi yetarli emas.

Unga nima uchun mumkin emasligini tushuntirish, xavfni tanishni o‘rgatish va xavfli vaziyatda qanday yo‘l tutishni singdirish lozim.

🔹 Bolalarni transformator punktlari va elektr qurilmalaridan uzoq tuting.

🔹 Elektr ustunlariga chiqish, uzilgan simlarga yaqinlashish va rozetkalarga begona buyumlarni tiqish hayot uchun xavfli ekanini tushuntiring.

🔹 Uy sharoitida ochiq simlar, nosoz rozetkalar va elektr jihozlaridagi kamchiliklarni e’tiborsiz qoldirmang.

🔹 Xavfli holat aniqlansa, bolalarni uzoqlashtiring va tegishli xizmatlarga xabar bering.

Eng muhimi, bolaga xavfsizlikni faqat so‘z bilan emas, shaxsiy namuna bilan ham o‘rgating.

Chunki farzand kattalarning nasihatidan ko‘ra, kundalik xatti-harakatlarini ko‘proq kuzatadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha ota-onalar, pedagoglar va fuqarolarni elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.

Unutmang: elektr xavfsizligi borasidagi bugungi bir daqiqalik e’tibor ertaga bir umrga tatigulik ne’mat – inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

“Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-son qaroriga muvofiq, elektr xo‘jaligi obyektlarining texnik va xavfsizlik holatini yaxshilash, aholi ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash, elektr qurilmalari va tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yil 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar respublika hududida “Elektr xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “Buxoro HETK” AJ tomonidan Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbir va maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.

Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarda tezkor choralar ko‘rish, nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha xodimlarning tayyorgarliklari o’rganildi.