Monthly Archives: Dekabr 2022

“Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan yuqori quvvatdagi kuch transformatori yetkazib berildi.

Vobkent tumani aholisi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda tadbirkorlarini barqaror va mustahkam elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi 25 000 kVA quvvatdagi kuch transformatori olib kelindi. Ushbu transformatorni tumandagi “Vobkent” 110/35/10 kV podstansiyasiga o’rnatish rejalashtirilgan. Modernizatsiya va yangilash ishlari doirasida podstansiyadagi quvvati 16 000 kVA bo’lgan kuch transformatori yuqori quvvatdagisiga almashtiriladi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklagan holda,  aholiga qulaylik yaratish maqsadida bayram munosabati bilan e’lon qilingan qo’shimcha dam olish kunlari (31 dekabrdan 3 yanvargacha)da elektr energiyasidan qarzdorligi bo’lgan iste’molchilar tarmoqdan ajratilmasligini ma’lum qilamiz.

Shu bilan birga, bayram kunlaridan keyin qarzdorlik tufayli xonadongizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo’lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to’lov tizimlari hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o’tmoqchimiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

>>

ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi shahar, tuman elektr ta’minoti korxonalari va elektr ta’minoti korxonalari rahbarlarining telefon raqamlari.

>>

Aqlli hisoblagichlar noqonuniy ulanishlarni fosh etdi.

Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi yordamida elektr energiyasidan belgilangan tartib qoidalarga xilof ravishda foydalanib kelayotgan iste’molchilar aniqlanib, holatga huquqiy baho berilmoqda. Tizimga mos dastur imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlangan noqonuniy ulanishlar joyiga chiqib o’rganilmoqda va tegishli tartibda qoidabuzarlik dalolatnomalari rasmiylashtirilmoqda. Ana shunday holatlardan biri Qorako’l tumanida aniqlandi. Tumandagi Dehqon bozoriga tegishli transformator punkti ko’zdan kechirilganda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari mavjudligi aniqlanib, qoidabuzarlik dalolatnomasi rasmiylashtirildi va iste’mol qilingan elektr energiyasi qayta hisob kitob qilindi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>

Yangi transformator punkti o’rnatildi.

Jondor tumani “Qaroli” mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli Yangi mozor aholi punkti hududiga 250 kVA quvvatdagi transformator punkti o’rnatilib, ishga tushirildi. Avvallari bu yerdagi aholiga quvvati 63 kVA bo’lgan transformator punkti orqali elektr energiyasi yetkazib berilgan. Transformator punkti quvvatining 4 barobarga oshirilishi natijasida hududdagi iste’molchilar me’yor darajasidagi sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

>>