Bahamjihat, 24 soatlik ish rejimida uzluksiz faoliyat olib borilmoqda.
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalari xodimlari kuchaytirilgan rejimda, navbatchilik grafiklari asosida tun-u kun mehnat qilmoqdalar.
Ob-havoning keskin sovib ketishi tufayli joylarda energiya taʼminotida yuzaga kelayotgan nosozliklar tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.
Elektr qurilmalari va tarmoqlarda yuklamaning oshishi natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezda aniqlab, ta’mirlash, tiklash ishlarini olib borish uchun jamiyat tomonidan birinchi galdagi zaruriy choralar ko’rilgan. Shuningdek, barcha kuch va vositalar elektr energiyasi ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati