BUXORO HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI KORXONASI BINOSIDA 50 KVT QUVVATLI QUYOSH ELEKTR STANSIYASI ISHGA TUSHIRILDI.

Buxoro viloyatida birinchilardan bо‘lib “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi”AJ binosida 50 kvt quvvatli quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi.
Ushbu quyosh elektr stansiyasi yiliga 90 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Buning natijasida, 30 ming kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Mazkur stansiya o‘rnatilishi hisobiga korxonaning elektr energiyasiga bo‘lgan yillik xarajatini 40 mln so‘mga kamaytirishga xizmat qiladi.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida quyosh panellari o’rnatildi.

Joriy yilning 10 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va ijtimoiy soha obʼektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʼilishi oʼtkazildi.

Mazkur yigʼilishda qayta tiklanuvchi energiya uskunalarini oʼrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha yangi tizim joriy etilishini taʼkidladi. Darhaqiqat, ushbu amaliy ishlar davlat organlari, korxona va tashkilotlarning maʼmuriy binolarida, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbalaridan xususan, quyosh energiyasidan samarali foydalanish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriy binosida soatiga 50 kVt elektr energiyasini ishlab chiqarishga mo’ljallangan 93 dona quyosh panellari o’rnatildi.

Shuningdek, olib borilayotgan amaliy ishlarning uzviy davomi sifatida jamiyat tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari binolarida 5 kVtdan jami bo’lib soatiga 60 kVt quvvatdagi elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o’rnatilishi rejalashtirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

YASHIL MAKON

🌱“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDAGI ISHLAR UYUSHQOQLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

🌿“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida e’lon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” qizg‘in davom etmoqda.
🍀Korxonaning ishchi xodimlari hududlar kesimida mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini o’tqazmoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

29-umumta’lim maktabida uchrashuv

Buxoro shahri 29-umumta’lim maktabida shahardagi umumta’lim maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari mas’ul xodimlari uchun mutasaddi vakillar ishtirokida energiya resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. Unda har birimiz xonadonimiz yoki ish joyimizda elektr energiyasidan oqilona, tejamkorlikka rioya qilgan holda foydalanishimiz zarurligi, bu orqali Vatanimiz iqtisodiyotining yanada ravnaq topishi va energo tizimning barqaror, samarali ishlashiga o’z hissamizni qo’shishimiz mumkinligi haqida tushuntirish berildi.
Shuningdek, Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi bosh muhandisi tomonidan elektr energiyasidan to’g’ri foydalanish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik, oila bydjeti hamda o’zimiz mehnat qilayotgan korxona va tashkilotni ortiqcha sarf xarajatlardan saqlash bo’yicha tavsiyalar berildi.
Ta’lim dargohlarining mutasaddilar va tegishli tashkilot vakillariga tejamkorlikka rioya qilish maqsadida aniq vazifalar topshirildi.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Reyd tadbirlari

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanishlarni aniqlash, ularni bartaraf etish va qonunbuzar iste’molchilarga choralar ko’rish bo‘yicha reyd tadbirlari o’tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi tadbir G’ijduvon tumanida o’tkazildi.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Diyor yangiliklari” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Rasmiy munosabat

     Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan Buxoroda reja asosida qo’llaniladigan elektr energiyasini cheklash grafigi kuzatuvchilar tomonidan turli muhokamalarga sabab bo’lmoqda. Holat yuzasidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi:

Ma’lumki, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish bir vaqtga to’g’ri keladi. Shuning uchun elektr energiyasi zahirasini yaratish imkonsizdir. Shu sababli energo tizimda yoqilg’i va quvvat tanqisligi yuzaga kelgan vaqtlarda elektr energiyasi balansini ta’minlash hamda energetika tizimida og’ir oqibatli yirik favqulotda avariyali holatlarni yuzaga kelishini oldini olish maqsadida hududlarda ehtimoliy cheklov grafiklari shakllantirilgan.

Ta’kidlash joizki, bunday cheklov grafiklariga faqatgina zaruriy hollarda, tizimda quvvat tanqisligi kuzatilgan vaqtlardagina amal qilinadi. Tizim me’yoriy holatga kelgan vaqtlarda cheklov grafigi qo’llanilmaydi va elektr energiyasini uzluksiz ravishda yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Elektr energiyasi iste’molchilaridan ushbu vaziyatni to’g’ri tushunishlarini, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida imkon qadar ushbu resurslardan oqilona, tejamkorlik bilan foydalanishlarini so’raymiz.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ ma’muriyati

Bugun 11-noyabr – Xalqaro energiyani tejash kuni

“Resurslar va energiyadan foydalanish boʻyicha maktab loyihasi” (SPARE – School Project for Application of Recourses and Energy) xalqaro ekologik tarmoq tashabbusi bilan 11-noyabr kuni “Xalqaro energiyani tejash kuni” deb eʼlon qilingan.

Ushbu bayramni belgilash toʻgʻrisida qaror 2008-yilning aprelida Qozogʻistonda SPARE koordinatorlarining xalqaro yigʻilishida qabul qilingan.

2008-yil noyabrida jahonda ilk bor energiyani tejash kuni nishonlandi va ushbu bayram xalqaro maqomga ega boʻldi, chunki mazkur loyihada 20ga yaqin davlat ishtirok etdi.

Bayramning asosiy maqsadi — resurslardan oqilona foydalanish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishga jamoatchilik eʼtiborini qaratishdir. Ancha keng maʼnoga ega boʻlgan energiyani tejash masalasi atrof-muhitga zararli chiqindilar chiqishini kamaytirishni ham nazarda tutadi.

Videolavhani ko’rish

▶️@minenergy_uz
▶️@prminenergy

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!

Sizlarni, sizlar orqali kasaba uyushmalarining millionlab a’zolarini 11-noyabr “Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, yurt taraqqiyoti yo’lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizga rivoj, yuzingizga hamisha tabssum tilab qolamiz. Kasb bayramingiz qutlug’ bo’lsin.

Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ

YANGI TRANSFORMATOR PUNKTLARI O’RNATILMOQDA

Buxoro shahar “Sifatmuniy” mahalla fuqarolar yig’ini hududidagi Abdulazim Somiy ko’chasida joylashgan 20 ga yaqin ko’p qavatli uylardagi 900dan ortiq xonadon hamda hududdagi tadbirkorlik ob’ektlarini sifatli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 630 kVA quvvatga ega bo’lgan qo’shimcha 4 dona transformator punkti olib kelindi. Hozirda o’rnatish ishlari olib borilmoqda.
Shahar tipidagi transformator punktlarida montaj ishlari bajarilib, ishga tushurilishi natijasida mahalladagi elektr energiyasi iste’molchilarining elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari aloqa kabellarida ta’mirlash ishlarining olib borilishi munosabati bilan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning (65) 225-59-52; (65) 225-72-73 dispetcherlik xizmati raqamlari hamda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining (65) 225-69-55 telefon raqamlari faoliyatida 2022 yil 9 noyabr kuni soat 09:00dan 19:00ga qadar uzilishlar kuzatilishini bildiramiz.

Yuqorida keltirilgan telefon raqamlar faoliyatida uzilishlar kuzatilgan vaqtda quyidagi raqamlarga qo’ng’iroq qilishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.

(65) 225-59-52 ❌ (99) 700-02-41 ✅
(65) 225-72-73 ❌ (99) 700-02-43 ✅
(65) 225-69-55 ❌ (99) 700-01-73 ✅

CALL-MARKAZI 1️⃣1️⃣-5️⃣4️⃣ ✅