"BUXORO HETK"AJ OB'EKTLARINI XARITASI

Barqaror_elektr_taminoti_sari

🔹 Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda iste’molchilarni sifatli va belgilangan me’yorlardagi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
🔧 Xususan, 2 200 dan ortiq transformator punktida joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, elektr qurilmalarining ishonchli va barqaror ishlashiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Asosiy maqsad — har qanday ob-havo sharoitida elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish va iste’molchilarga elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berish.

⚡️ Barqaror elektr ta’minoti — xonadonlar charog‘onligi va xalqimiz farovonligining muhim omilidir.

ONA TILIM — FAXRIM

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan umummilliy diktant tashkil etildi

Tadbirning asosiy maqsadi davlat tilining nufuzini oshirish, korxona xodimlarining yozma savodxonligi va nutq madaniyatini yuksaltirishdan iborat.

Diktant jarayonida o‘zbek tilining imlo qoidalari, adabiy til me’yorlari va davlat tilida ish yuritish borasida korxona xodimlari o’zlarining bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Ushbu tashabbus ishtirokchilarda ona tiliga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, kundalik faoliyatda savodli va ravon yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida diktantni imloviy xatolarsiz va namunali yozgan xodimlarga korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ta’kidlash joizki, ona tilini e’zozlash — milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy qadriyatlarni asrash va kelajak avlodga munosib meros qoldirish demakdir.

BOLA XAVFNI ANGLAMASLIGI MUMKIN, KATTALAR ESA UNI OLDINDAN KO‘RA BILISHI SHART!

Bola dunyoni qiziquvchan nigohlar bilan taniydi. U uchun rozetka – oddiy buyum, elektr ustuni – qiziqarli manzara, uzilgan sim esa xavf ekanini anglash qiyin. Chunki bola xavfni emas, qiziqishni ko‘radi. Kattalarning vazifasi esa aynan shu nuqtada boshlanadi: bola hali anglamagan xavfni oldindan ko‘ra bilishi va uning oldini olishi kerak.

Farzandimizga «tegma», «yaqinlashma», «mumkin emas» deyishning o‘zi yetarli emas.

Unga nima uchun mumkin emasligini tushuntirish, xavfni tanishni o‘rgatish va xavfli vaziyatda qanday yo‘l tutishni singdirish lozim.

🔹 Bolalarni transformator punktlari va elektr qurilmalaridan uzoq tuting.

🔹 Elektr ustunlariga chiqish, uzilgan simlarga yaqinlashish va rozetkalarga begona buyumlarni tiqish hayot uchun xavfli ekanini tushuntiring.

🔹 Uy sharoitida ochiq simlar, nosoz rozetkalar va elektr jihozlaridagi kamchiliklarni e’tiborsiz qoldirmang.

🔹 Xavfli holat aniqlansa, bolalarni uzoqlashtiring va tegishli xizmatlarga xabar bering.

Eng muhimi, bolaga xavfsizlikni faqat so‘z bilan emas, shaxsiy namuna bilan ham o‘rgating.

Chunki farzand kattalarning nasihatidan ko‘ra, kundalik xatti-harakatlarini ko‘proq kuzatadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha ota-onalar, pedagoglar va fuqarolarni elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi.

Unutmang: elektr xavfsizligi borasidagi bugungi bir daqiqalik e’tibor ertaga bir umrga tatigulik ne’mat – inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

“Elektr xavfsizligi oyligi” doirasida profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 523-son qaroriga muvofiq, elektr xo‘jaligi obyektlarining texnik va xavfsizlik holatini yaxshilash, aholi ayniqsa, bolalar xavfsizligini ta’minlash, elektr qurilmalari va tarmoqlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida joriy yil 1-oktabrdan 1-noyabrga qadar respublika hududida “Elektr xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Jumladan, “Buxoro HETK” AJ tomonidan Kogon tuman elektr ta’minoti korxonasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda profilaktik tadbir va maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etildi.

Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarda tezkor choralar ko‘rish, nosozliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha xodimlarning tayyorgarliklari o’rganildi.

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ZAXIRALAR SHAKLLANTIRILIB, TARMOQLAR YANGILANMOQDA

Milliy matbuot markazida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani о‘tkazildi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruvi raisi Sardor Isaqulov jamiyat tomonidan iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, elektr tarmoqlarining ishonchliligini oshirish hamda kuz-qish mavsumini barqaror о‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Batafsil

Elektr tarmoqlari va energetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida 2026/2027 yillar kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, elektr tarmoqlari va energetika obyektlarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida saf ko‘rigi o‘tkazildi.

Tadbirda “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya va nosozliklarni tezkor bartaraf etishga jalb etiladigan tezkor brigadalar, maxsus texnika, avariya-tiklash vositalari va zarur jihozlarning shaylik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, avariya holatlariga tezkor javob qaytarish hamda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ishonchli ta’minlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

Tadbir davomida mas’ul xodimlarning hamkorlikdagi harakatlari, tezkor chiqish brigadalari va maxsus texnikalarning shayligi o’rganildi hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor choralar ko‘rish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Barqaror elektr ta’minoti sari — puxta tayyorgarlik olib borilmoqda

Barqaror elektr ta’minoti sari — puxta tayyorgarlik olib borilmoqda

Elektr tarmoqlari va podstansiyalarining ishonchli ishlashi, avvalo, ularning texnik holatini muntazam nazorat qilish va o‘z vaqtida ta’mirlashga bog‘liq.

Shu maqsadda, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan barcha hududlarda keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan,  “Alatxona” 110/6 kV podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Mutaxassislar tomonidan podstansiyadagi elektr uskunalari va qurilmalari ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan zarur ishlar bajarildi.

Mazkur tadbirlar kuz-qish mavsumida elektr tarmoqlarining yuklamalar ostida ishonchli ishlashini ta’minlash, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishga xizmat qiladi.

CHORA-TADBIRLAR IJROSI TA’MINLANMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-apreldagi 202-sonli qarori hamda mazkur qaror asosida tasdiqlangan 2026–2027-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida xodimlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbirda “Buxoro HETK” AJning Yuridik bo‘lim boshlig‘i  A.Asoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, sohaga oid qonunchilik hujjatlari, xodimlarning huquq va majburiyatlari hamda qonuniylikka rioya etish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.