Qonunchilikdagi_yangiliklar

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi
Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi.
III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.
Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:
➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;
➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;
➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi.
Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa:
➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;
➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;
➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi.
Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.

