Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat va reyd tadbirlari davomida ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan qonunchilikka zid ravishda foydalanish holatlari qayd qilinmoqda.
Navbatdagi o’rganish ishlari Shofirkon tumanida olib borildi va Hamroboy massividagi dehqon xo’jaliklaridan biri hisoblagichdan tashqari, tarmoqqa yashirin ravishda ulanib olganligi aniqlandi. Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 103 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi qayd etildi.
Ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Elektr energiyasidan oqilona va belgilangan tartibda foydalanishingizni so‘raymiz.
❗️ Noqonuniy foydalanish holatlari javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang.

