Dilkusho ko’chasining elektr ta’minoti yaxshilanmoqda



Har bir xonadondagi elektr ta’minotini barqarorligi, aholining qulay va farovon hayotini ta’minlashga xizmat qiladi. Ana shu maqsadda Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan Buxoro shahar aholisining elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli qurilish va montaj ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, Dilkusho ko’chasidagi eskirgan elektr uzatish tarmoqlari yangilanib, 40 dona mustahkam temir – beton tayanchlar rostlandi, 3000 metr uzunlikdagi himoyalangan SIP kabellari tortildi. Shuningdek 1 dona quvvati 400 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur chora – tadbirlar elektr energiyasi sifati va ishonchliligini oshirish, avariyaviy holatlarning oldini olish hamda iste’molchilarga yanada qulay sharoit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

