📞 Murojaat qilish endi yanada qulay!

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari sizlarga yanada sifatli xizmat ko’rsatish va elektr energiyasi ta’minoti bilan bog’liq holatlar bo’yicha qo‘ng‘iroqlarni yanada tezkorlik bilan qabul qilish maqsadida qo‘shimcha telefon raqamlari ishga tushirildi.

✅ Eslab qoling:

☎️ +99865 220 1154 “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Call markazi

☎️ +99865 220 7231 Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasining dispetcherlikxizmati

Ushbu telefon raqamlari 24/7 rejimida sizning xizmatingizda.

Qonunchilikdagi_yangiliklar

1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Hukumatning tegishli qarori (243-son, 15.05.2026-y) bilan 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, I va II guruh iste’molchilari uchun elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘m etib belgilandi. IV guruh iste’molchilari uchun ham elektr energiyasining 1 kVt soati 1 ming 100 so‘mni tashkil etadi.

III guruh, shu jumladan aholi uchun tabaqalashtirilgan tariflar saqlab qolindi.

Xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p kvartirali uylar va yotoqxonalarda yashovchi aholi uchun:
➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 325 so‘m;
➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 450 so‘m;
➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 550 so‘m etib belgilandi.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun esa:
➖ oyiga 200 kVt soatgacha — 650 so‘m;
➖ 201 kVt soatdan 500 kVt soatgacha — 900 so‘m;
➖ 501 kVt soatdan 1 000 kVt soatgacha — 1 ming 100 so‘m bo‘ladi.

Yuqori hajmdagi iste’mol uchun oshirilgan koeffitsiyentli tariflar saqlanib qoladi.

Elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan hududlarda olib borilgan nazorat va reyd tadbirlari davomida ayrim iste’molchilar tomonidan elektr energiyasidan qonunchilikka zid ravishda foydalanish holatlari qayd qilinmoqda.

Navbatdagi o’rganish ishlari Shofirkon tumanida olib borildi va Hamroboy massividagi dehqon xo’jaliklaridan biri hisoblagichdan tashqari, tarmoqqa yashirin ravishda ulanib olganligi aniqlandi. Buning natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 103 mln.so’mdan ortiq moddiy zarar yetkazilganligi qayd etildi.

Ushbu holat yuzasidan belgilangan tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Elektr energiyasidan oqilona va belgilangan tartibda foydalanishingizni so‘raymiz.

❗️ Noqonuniy foydalanish holatlari javobgarlikka sabab bo‘lishini unutmang.