Qoidabuzar elektr energiyasi iste’molchilariga nisbatan choralar ko’rildi.

Buxoro viloyatida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi to‘liq joriy qilingan. Elektr energiyasi uchun to‘lovlar oldindan amalga oshirilib kelinmoqda. Qarzdorlik kelib chiqqan hollarda iste’molchi tarmoqdan avtomatik tarzda ajratib qo‘yilmoqda.
Biroq ba’zi bir uddaburon iste’molchilar hech kim bilmaydi qabilida ish tutib qonunni chetlab o‘tgan holda qarzdorligi sabab tarmoqdan avtomatik tarzda ajratilganda qarzdorlik summasini to‘lamasdan o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini qo‘pol tarzda buzgan holatda tarmoqqa noqonuniy ulanib olishni afzal ko‘rishmoqda.

Bunday uddaburon iste’molchilar avtomatik tizim imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda korxonaning o‘zidan turib aniqlanmoqda. Joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Tartibni buzgan elektr energiyasi iste’molchilariga nisbatan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, qonun buzilishiga yo‘l qo‘yganlar tarmoqdan uzib qo‘yilmoqda.

Bu galgi tadbir “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati hamda uning tarkibidagi Buxoro shahar elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Batafsil

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

XORAZMDA О‘TKAZILGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASINING G‘OLIB JAMOALARI ANIQLANDI

Avval xabar berganimizdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi tashabbusi bilan “Har biringizning hayotingiz men uchun qadrli” shiori ostida Xorazm viloyatida о‘tkazilgan “Kasb mahorati” musobaqalari о‘z yakuniga yetdi.

Berilgan topshiriqlarni uyushqoqlik bilan, tezkor va sifatli bajargan quyidagi jamoalar harakati yuqori baholanib,

1-о‘rin – “Xorazm HETK” AJ;
2-о‘rin – “Andijon HETK” AJ;
3-о‘rin –“Farg‘ona HETK” AJga nasib etdi.

Batafsil

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

BILIM, TAJRIBA VA SINOV!

XORAZM VILOYATIDA O’TKAZILAYOTGAN “KASB MAHORATI” MUSOBAQASIDA BUXOROLIK ENERGETIKLAR HAM ISHTIROK ETMOQDALAR

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJda faoliyat yurituvchi xodimlar o‘rtasida mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida har yili tashkil etib kelinayotgan “Kasb mahorati” musobaqasida bu yil “Xorazm hududiy elektr tarmoqlari” AJ mezbonlik qilmoqda.

Musobaqada taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalarini ta’mirlash bo‘yicha ustalar, dispetcherlar, taqsimlovchi tarmoqlar qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlardan tashkil topgan jami 14 ta jamoada 120 nafardan ortiq xodimlar qatnashadi.

Mazkur musobaqada ishtirok etish uchun viloyatimizning «Buxoro HETK» AJ jamoasi ham go’zal va qadimiy Xiva shahriga yetib keldi.

Barcha hamkasblarimiz nomidan jamoamiz a’zolariga omad tilaymiz!

Videolavhani ko’rish

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish va kelib chiqishini oldini olish maqsadida uchrashuvlar o’tkazilmoqda.

«Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJning Korrupsiyaga qarshi kurashish va kompleans nazorati hamda Yuridik bo’lim boshliqlari tomonidan jamiyat tarkibidagi Qorako’l tuman elektr ta’minoti korxonasi xodimlari bilan “Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish” mavzusida suhbat o’tkazildi. Uchrashuv davomida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning kelib chiqishini oldi olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to’xtalib o’tildi. Joylarda o’tkazilayotgan keng ko’lamli targ’ibot, tashviqot ishlariga qaramasdan hali ham korrupsiya yo’l qo’yib kelayotgan xodimlarning uchrayotganligi, bunday holatga yo’l qo’yganlarga nisbatan belgilangan tartibda jazo choralari qo’llanilishi bo’yicha tushintirishlar berildi.
Yakunda, korrupsiyaga yo’l qo’ymaslik, jazo muqarrarligi, bu kabi salbiy holatlarni oldini olish va sodir etmaslik choralarini ko’rish lozimligi ta’kidlandi hamda barcha xodimlar ogohlikka chaqirildi.
“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning tarkibidagi tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida mehnat qilayotgan xotin-qizlar o’rtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida sportning shaxmat-shashka yo’nalishi bo’yicha bellashuvlar tashkil etildi.

Mazkur musobaqalarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlar o‘rtasida sportning ommaviyligini ta’minlash, xotin-qizlarni jismoniy-tarbiya va sportga keng jalb etish, jismoniy chiniqtirish, salomatligini mustahkamlashdan iboratdir. Sir emaski bunday tadbirlarning o’tkazilishi jamiyatdagi ayollar kayfiyatining ko’tarinki bo’lishi, ularning ma’naviy hordiq olishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu kabi tadbirlarning tez-tez tashkil etilishishi esa foydadan xoli bo’lmaydi albatta.
Musobaqa yakunida g’oliblar munosib taqdirlandi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz yurtdoshlar, qadrli kasbdoshlar!

Barchangizni xalqimizning eng ulug’, eng aziz bayrami – O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz!Shunday qutlug’, saodatli kunda yurtimizga tinchlik, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, umr yo’lingizda katta muvaffaqiyatlar tilaymiz.Xonadonlarimizni, goʻzal va betakror diyorimizni tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka aslo tark etmasin! Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Hurmat va ehtirom ila,
“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ