“Yakkatut” 35/10 kV, “Kulolchi” 110/10 kV, “Romitan” 110/35/10 kV podstansiyalari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31-dekabrdagi PQ-465 sonli qarori asosida “Yakkatut” 35/10 kV, “Kulolchi” 110/10 kV, “Romitan” 110/35/10 kV podstansiyalari rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko’rish, mavsumni betalofat o’tkazish maqsadida mukammal va joriy ta’mirlash ishlari bajarilib, elektr qurilmalarining zahirasi yaratilmoqda.

Jarayon tavsilotlari bilan “Buxoro” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturi orqali tanishishingiz mumkin.

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Buxoro viloyati hokimi o’rinbosari tomonidan “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning kuz-qish mavsumiga tayyorgalik ko’rish borasida amalga oshirayotgan ishlari holati o’rganildi.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyaviy uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida turli xil quvvatdagi transformator punktlari, temir-beton tayanchlar, transformator moyi, kabel, sim, turli xil quvvatdagi o’chirib yoqish uskunalari, kabel muftalari zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, mavsumni betalofat o’tkazish maqsadida 79 ta avariya tiklash brigadalari va 29 dona maxsus texnikalar shay holatga keltirilgan.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Buxoro viloyatida kuz-qish mavsumida aholini barqaror energoresurslar bilan ta’minlash hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarda tezkor choralar ko‘rish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda energetika tizimi korxonalari bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Jarayonlar “О‘zbekiston 24” telekanalining “Axborot 24” informatsion dasturida:

MAXSUS REPORTAJNI KO’RISH

#Jarayon

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Linyalar xizmatgohi xodimlari tomonidan yuqori kuchlanishdagi “Moxixossa-1” 35 kVli havo elektr uzatish tarmog’i ko’rikdan o’tkazilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Mutaxassislar balandligi 25 metrgacha bo’lgan temir burchakli tayanchlarga chiqib, joriy ta’mirlash ishlarini olib bormoqdalar.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Buxoro viloyati prokurorining “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tashrifi

Buxoro viloyati prokurori “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJga tashrif buyurdi. Mahmud Istamov dastlab, Dispetcherlik xizmati va Call markazida bo’ldi va iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan avariyali uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish bo’yicha ko’rsatma berdi. Shuningdek, “Billing markazi”da bo’lib, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ko’zdan kechirdi hamda tizim imkoniyati va afzalliklari iste’molchilar misolida tahlil qilindi. Yakunda, sohada hal qilinishi lozim bo’lgan masalalar bo’yicha mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati

Iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda.

Issiq kunlarda elektr energiyasiga bo’lgan talabning sezilarli darajada ortishi taqsimlash qurilmalarida yuklama oshib, texnik qurilmalardagi haroratning belgilangan me’yordan ko’tarilib ketishiga olib kelmoqda. Viloyatimizda kuzatilayotgan jazirama issiq ob-havo sharoitida “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste’molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash choralari ko’rilmoqda. Hududlardagi podstansiyalarning holati o’rganilib, aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda va sovutish qurilmalari o’rnatilib, ishga tushirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

O’quv-seminari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid qabul qilgan hujjatlarini ijro holati va ularning ijrosi bo’yicha yuzaga kelayotgan muammolar yechimi bo’yicha o’quv-seminari o’tkazildi. Bu borada “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning mas’ul xodimlariga Buxoro viloyati adliya boshqarmasi ikkinchi darajali yuristi S. Baqoyev tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi va seminar yakunida xodimlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Oʼquv-seminarlari oʼtkazilmoqda..

Ish jarayonlarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida joriy yil tizimda sodir boʼlgan baxtsiz hodisalarni sabablari “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ xodimlari bilan qayta ishlab chiqilib, shu asosida oʼquv-seminarlari oʼtkazilmoqda. Shuningdek, himoya vositalari ko’rikdan o’tkazilib, yaroqsiz ximoya vositalari yangisiga almashtirilmoqda.
Xodimlarga ish jarayonlarida yoʼl qoʼyilayotgan xato va kamchiliklar toʼgʼrisida “Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati” mutaxassislari tomonidan tushintirishlar berilib, ishchi xodimlar ogohlik va hushyorlikka chaqirilmoqda.

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Ko’rik o’tkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ bosh direktori tomonidan joylarga chiqib hududlardagi podstansiyalarning holati birma bir ko’rikdan o’tkazilmoqda. Bugun, kun davomida Buxoro, Kogon hamda Qorovulbozor tumanlaridagi podstansiyalarning holati o’rganildi va aniqlangan kamchiliklarni tezda bartaraf qilish bo’yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

“Buxoro HETK” AJ Matbuot xizmati